Page 33 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 33

Mineral  chizig‘ining  rangi  -  bu  uning  kukun  holidagi  rangidir.  Bunda

                  mineral mumkin qadar mayda talqon qilinishi lozim.

                           Noma’dan  minerallar  chizig‘ining  rangini  aniqlashda  oq  notekis  (g‘adir-

                  budur)  chinni  plastinkadan  (glazurlanmagan  oq  bezak  plitasi,  hovancha  tubining

                  ostki  qismi,  oq  chinni  idishning  siniq  parchalari  va  h.k.)  foydalanilgani  ma’qul.

                  Ma’danli mineral chizig‘ining rangini aniqlashda qora rangli plastinkadan, masalan,


                  liditdan (kvartsitning qora xili) foydalanish mumkin.
                           Mineral qattiq bo‘lganda plastinkada chizig‘ining rangini bilib bo‘lmaydi.


                  Bunda mineral bolg‘a yordamida maydalanib, hovanchada kukunga aylantiriladi.
                  Kukunining rangi oq fonda aniqlanadi.


                           Ko‘pchilik qattiq minerallar kristallardan iborat bo‘lib, bu kristallar ma’lum
                  geometrik shaklga ega. Qattiq minerallar hosil bo‘lish sharoitiga ko‘ra asosan 2 xil:


                  kristal va amorf-shaklsiz holda uchraydi. Minerallarning kristallanishini, geologiya

                  fanining bir qismi kristolografiya o‘rganadi.

                           Mineral kristallari aosan bir necha qirrali bo‘ladi. Kristall tekisligi, qirralari

                  va  markazi  kristallning  simmetriya  elementi  deb  hisoblanadi.  Shuning  uchun

                  kristallarning o‘xshashlarining simmetriya elementlari hamma kristallarda har xil va

                  cheklangan  bo‘ladi. Bir  xil  simmetriyali  kristallarni  bir  tur  yoki  bir  singoniyaga

                  kiritish mumkin.

                           Tabiatda  uchraydigan  barcha  mineral  kristallari  hosil  qilgan  geometrik

                  shakllarni simmetriya elementining murakkabligiga qarab quyidagi 7 singoniya yoki

                  sistemaga bo‘linadi.

                           Turli  kristolografik  shaklda  kristallangan  minerallardan  tashqari  boshqa

                  qirrali va shaklsiz minerallar ham uchraydi. Bunga amorf yoki kolloid-amorf, amorf-

                  shaklsiz minerallar kiradi.

                           Bu  minerallar  kristallarining  ichki  tuzilishini,  ya’ni  ularning  strukturasini

                  oddiy mikroskop ostida aniqlash qiyin.

                           Ammo 30000-40000 marta katta qilib ko‘rsatadigan elektron mikroskoplar

                  vositasida  minerallarning  amorf  kristallari  o‘rganilib,  ularning  shakli  aniqlanadi.

                  Amorf minerallarga asosan tomma shakllar juda xarakterli.
   28   29   30   31   32   33   34   35   36   37   38