Page 38 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 38

tirnashga, bosishga yoki qirishga nechog‘li qarshilik ko‘rsata olishi qattiqlik deb

                  ataladi. Qattiqlikni aniqlash uchun shkala qabul qilingan. Bu shkalaga o‘nta mineral

                  kiritilgan bo‘lib, ularning qattiqligi biridan ikkinchisiga tomon boradi, shunga ko‘ra

                  xar bir oldingi mineralni undan keyingi mineral chiza oladi.


                                                                                                     1-jadval.
                                                 Qattiqlik (MOOS) shkalasi


                                Minerallarning nomi      Kimyoviy tarkibi         Qattiqligi
                                Talk                     Mg3(OH)2(Si4O10)         1

                                Gips                     CaSO4.2H2O               2

                                Kaltsit                  CaCO2                    3
                                Flyuorit                 CaF2                     4

                                Apatit                   Ca5(PO4)F                5
                                Ortoklaz                 K(AlSi3O8)               6

                                Kvarst                   SiO2                     7

                                Topaz                    Al2(FOH)2(SiO4)          8
                                Korund                   Al2O3                    9

                                Olmos                    C                        10



                         Qattiqlikni aniqlash tirnab ko‘rish orqali amalga oshiriladi va tekshirilayotgan

                  namunada tirnash izi qoldiruvchi mineral - shkalaga mos keladigan etalonning tartib

                  raqami  bilan  ifodalanadi.  Shunday  qilib  aniqlanayotgan  mineralning  taxminiy

                  qattiqligi topiladi.

                                            Moos qattiqlik shkalasi minerallari



                         1    Talk - Mg 3 [Si 4O 10](OH) 2. U eng yumshoq

                              minerallardan biri hisoblanadi. Rangi - oq,

                              sariqsimon,  yashilsimon,  kulrang,  moviy-

                              yashilsimon.       Ushlaganda        yog‘simon

                              tuyuladi.
   33   34   35   36   37   38   39   40   41   42   43