Page 41 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 41

1.9.Minerallarning mo‘rtligi va bolg‘alanishi.

                            Minerallarning  diagnostik  belgilari  sifatida  foydalanish  mumkin  bo‘lgan

                  mexanik xossalaridan mo‘rtligi va bolg‘alanishini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Mo‘rtlik

                  deb  bosim  ostida  yoki  zarbadan  moddaning  burdalanish  xossasiga  aytiladi.

                  Bolg‘alanishi  deganda  moddalarning  bosim  ostida  yupqa  plastinkalarga

                  yalpoqlanishi va plastik bo‘lishi tushuniladi.


                            Ulanish yuzasi – mineral kristalining kuch ta’sirida kristalografik yuzalari
                  bo‘yicha  ajralishiga  ulanish  yuzasi  deyladi.  Minerallarning  ulanish  yuzasining


                  aniqlik darajasiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: minerallarning ulangan yuzasi juda
                  mukammal, ulangan yuza notekis, ulangan yuza o‘ta nomukammal.


                            Sinish  –  bu  fizik  xossa  ba’zi  minerallar  uchun  mukammal  belgidir.
                  Minerallar biron narsa bilan maydalanganda  yuza turining paydo bo‘lishiga sinish


                  deyladi. Minerallarning ulangan yuzasi bo‘lsa to‘g‘ri, bo‘lmasa noto‘g‘ri sinish hosil

                  qiladi.

                            Minerallar  chig‘anoqsimon,  kukuinsimon,  to‘g‘ri  donali  va  noto‘g‘ri  va

                  tolali sinishlar hosil qiladi.

                            Tiniqlik – ko‘pchilik minerallar ma’lum darajada tiniqlik xususiyatlariga

                  ega. Minerallarning o‘zidan nur o‘tkazish qobilyatiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:

                            1.  Tiniq minerallarning yupqa plastinkasi orqali predmet aniq ko‘rinadi,

                  yarim tiniq, nurlanuvchi, tiniq bo‘lmagan minerallar

                            Minerallarning boshqa xossalari. Ba’zi minerallar uchun alohida, faqat

                  ulargagina xos bo‘lgan xossalarga - magnitligi, mazasi, hidi, radioaktivligi, xlorid

                  kislota bilan reaksiyaga kirishi va boshqa belgilarga ega. Barcha minerallar ham

                  alohida  xossalarga  egamas,  ammo  ularning  bo‘lishi  diagnostika  vazifalarini

                  echimini osonlashtiradi.

                            Minerallarning  magnitligi.  Magnitlikni  aniqlash  uchun  kuchli,  yaxshisi

                  magnitning taqasimon shakllari kerak bo‘ladi. Mineralning magnitligi uning kukuni

                  bo‘yicha aniqlanadi.

                            Minerallarning mazasi. Sho‘r maza galitga (osh tuzi), achchiq-sho‘r esa

                  silvinga xos. Bundan tashqari bu minerallar suvda oson eriydi va gigroskopik  - suv

                  yutish xususiyatiga ega bo‘ladi.
   36   37   38   39   40   41   42   43   44   45   46