Page 46 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 46
7. Volframatlar sinfi – bu sinf minerallari volfram kislotasi (H 2WO 4) ning
tuzlari bo‘lib yer pustida juda kam uchraydi.
8. Fosfatlar.
9. Nitratlar sinfi – bu sinfga azot (HNO 3) ning suvda oson eriydigan tuzlari
kiradi.
10. Silikatlar.
Magmatik tog‘ jinslarining asosiy komponentlari quyidagi elimentlar: O, Si,
Al, Fe, Mg, Ca, Na, K hisoblanadi. G.Vashington bularni “petrogen” elementlar deb
atagan, ya’ni ular tog‘ jinslari tarkibining asosiy qismini (96, 88%) tashkil etadi.
Magmaning tarkibida kremniy oksidi – SiO eng ko‘p miqdorda uchraydi.
2. Kerakli jihozlar.
1. Kafedradagi katalog - minerallar kolleksiyasini namunasi bilan tanishish.
2. Minerallarni qattiqligini aniqlaydigan etalon - Moos shkalasi.
3. 10% li solyanoy kislotasi.
4. Mikroskop va lupa.
5. Adabiyotlar (Minerallar va tog‘ jinslarini aniqlash).
Ishni bajarish tartibi.
1. Minerallar kolleksiyasidan 6-8 ta mineral olib o‘rganish.
2. Olingan namunalardagi minerallarni asosiy belgilarini aniqlash.
3. MOOS shkalasi bo‘yicha mineralni qattiqligini aniqlash.
4. Mineralni qaysi gruppaga tegishli ekanligini, nomini aniqlab va kimyoviy
formulasini yozish.
5. Mineralni paydo bo‘lishini o‘rganish va ayrim xususiyatlarini ko‘rsatish.
6. Ushbu mineral qaysi jinslar tarkibiga kirishini belgilash.
7. Minerallarni xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni haqida ma’lumot berish