Page 50 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 50

Misning  rangi  -  qizil.  Metall  kabi  yaltirok,  qattikligi  2,5-3;  yaxshi

                  egiluvchanlik xususiyatiga ega. Sinishi ilgakli, ulanish tekisligi yo‘k. Solishtirma

                  og‘irligi 8,5-8,9. U elektr tokini yaxshi o‘tkazadi. Ushbu xususiyatlari bilan boshka

                  minerallardan  farklanadi.  Mis  HNO 3  kislotada  oson  eriydi,  mis  turli  geologik

                  jarayonlarda yuzaga keladi, HSІ da qiyinlik bilan erib, mis xlorni yuzaga keltiradi.


                  Sof ammo ko‘p miqdorda gidrotermal va ekzogen sharoitda paydo bo‘ladi.
                         Oltin - Au. Tabiatda oltin toza xolda uchraydi (20-rasm) — 98-99%, ba’zan


                  aralashmada 65-75% atrofida. Oltin tarkibida kumush 30%, mis esa 9,2%; ba’zan
                  20% bo‘lsa — "kuproaurit" deyiladi. Oltinning kub singoniyadagi xili tabiatda kam


                  tarqalgan. Ba’zan oktaedr, rombododekaedr qiyofasida uchraydi. Rangi - tilla sariq
                  (kumushga  boyi  och  sarik).  Oltin  odatda  yaltirok  metall,  qattikligi  2,5-3.  Oltin


                  egiluvchan  va  cho‘ziluvchan  bo‘ladi.  U  osonlik  bilan  pachoqlanib,  yupqa

                  varaqchalarga aylanadi. Tabiatda oltin mayda - dispers xolda bo‘ladi. Oltinning bir

                  oz  qismi  sulfid  minerallarida  pirit,  xalkopirit  va  arsenopiritlarda  joylashadi.

                  Oltinning yirik kristallari mavjud, ammo kam uchraydi. CHilida sochma cho‘kindi

                  jinslar  oralarida  153  kg  sof  oltin  topilgan.  Avstraliyada  (Uelsda)  93,5  kg,

                  Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida (Mias) 36,0 kg og‘irlikdagi oltin topilgan. Oltin

                  kislotalarda erimaydi (faqat KСN da eriydi).

















                            Au- oltin                                            Au – oltinning kristall strukturalari

                         O‘ta  asos  magmatik  tog  jinslarida  oltinning  miqdori  boshqa  magmatik

                  jinslarga  nisbatan  10  barobar  ko‘p  (3-10°%)  bo‘ladi,  ammo  oltinning  aksariyat

                  konlari  nordon  magmaning  gidrotermal  mahsulidan  paydo  bo‘ladi.  Masalan,

                  Zarmiton  (SHimoliy  Nurota)  va  Muruntov  (Qizilkum)  oltin  konlari  shu  holda
   45   46   47   48   49   50   51   52   53   54   55