Page 53 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 53
Margimush o‘tkir yaltiraydi, metalldek (yangi singan joyida) tez xiralashadi va vakt
o‘tishi bilan oksidlanib, qorayib qolgan yuzasi butunlay yaltiramaydigan bo‘lib
qoladi.
Qattiqligi 3,5. Margimush — mo‘rtdir. U ulanish tekisligi (0001) bo‘yicha
mukammal va (0112) bo‘yicha mukammal emas. Uning singan yuzasi donadordir.
Solishtirma og‘irligi 5,63-5,78.
Sof tug‘ma margimush shakli, qorayib qolgan yuzasi, ancha katta solishtirma
og‘irligi, singanda metall kabi o‘tkir yaltirashi va mukammal ulanish tekisligiga
qarab osonlikcha aniqlanadi.
Dahandam alangasida erimasdan uchib ketadi (360° ga yaqin haroratda),
o‘ziga xos sarimsokdek xid chiqaradi va ko‘mir ustida oq As 20 3 gardlarini koldiradi.
Faqat orttirilgan tashqi bosim ta’sirida qizdirilgandagina suyuk xolatga o‘tadi. Epik
naychada margimush ko‘zgusi hosil bo‘ladi. Bolg‘a bilan qattiq urganda ham
sarimsoq hidi chiqadi.
Margimush gidrotermal konlarda bo‘shliklardagi metakolloid mahsulot
sifatida topiladi. Extimolu gidrotermal faoliyatining so‘nggi fazalarida paydo bo‘lsa
kerak. Sof tugma margimush bilan bir assotsiatsiyada nikel, kobalt, kumush,
kurgoshin va boshqa metallarning margimushli, surmalli kamrok oltingugurtli
birikmalari va boshka ruda emas minerallar uchrashi mumkin.
Vismut – Bi. Cof tugma vismut margimush va surmaga qaraganda birmuncha
ko‘proq uchrasa xam, bari bir tabiatda ancha kam tarkalgan minerallar qatoriga
kiradi va odatda katta uyumlar hosil qilmandi.
Kimyoviy tarkibi: odatda vismut deyarli toza bo‘ladi. Uning tarkibida aralashmalar
bo‘lib, juda kam mikdorda Fe, S, As va Sb ishtirok etadi.