Page 58 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 58
Oltingugurt - S.
Oltingugurt sanoatning turli tarmoqlarida zarur element hisoblanadi. U turli
kislotalar tayyorlashda, rezina, bo‘yoq, gugurt, mushaklar va ayniqsa qishloq
xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi.
Uglerod guruhi minerallari
Bu guruhga olmos va grafit kiradi. Ular bir-birlaridan fizik hususiyatlari bilan
keskin farq qiladi.
Olmos — C. Nomi grekcha «adamas» - engilmas degan ma’noni anglatadi.
U tabiatda o‘ta qattiqligi va turli shakli: oktaedr, rombododekaedr va kub
qiyofalarida mavjud. Olmosning oddiy ko‘z bilan payqamaydigan xillaridan tortib,
to yuz va ming karatli (1 karat - 0,2 g) va undan ham yirik kristallari uchraydi.
Dunyodagi eng yirik olmos kristali-3106 karatli «Kullinan» 1905 yilda Janubiy
Afrikada topilgan (1-jadval).
Olmos — C.