Page 61 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 61

erimasdan  o‘chib  ketadi. Kislotalarda erimaydi.  Kukuni KNO 3  bilan aralashtirib

                  qizdirilganda birdan o‘t olib ketadi.

                         Tabiatda  grafit  yuqori  haroratda  kimyoviy  qaytarish  protsesslarida  paydo

                  bo‘ladi. Ba’zan turli tarkibga ega bo‘lgan magmatik tog‘ jinslari orasida uchraydi.

                  Ko‘p hollarda atrofdagi uglerodli tog‘ jinslaruglerod manbai bo‘lib hizmat qiladi.

                  Grafitning  pegmatitlardan  topilgan  hollari  ham  ma’lumdir.  Grafitning  regional


                  metamorfizm  sharoitlarida  yoki  magma  intruziyasi ta’siri ostida toshko‘mir  yoki
                  bitumli qatlamlar hisobiga paydo bo‘lgan metamorfik konlari ko‘p tarqalgan.


                  Grafit  sanoatning  xilma-xil  tarmoklarida  grafit  tigellar  tayyorlashda,  quyish
                  ishlarida,  qalamlar,  elektrodlar  ishlab  chiqarishda,  ishqalanuvchi  qismlarni


                  moylashda bo‘yoqchilikka va boshqa sohalarda ko‘llaniladi.

                  Mashg‘ulotni  bajarish tartibi:

                  1. Urganilayotgan minerall yakka kristallari va mineral agregatlarining shakllarini

                  aniqlash;

                  2.  Minerallning  optik  xossalari  (rangi,  chizig‘ining  rangi,  shaffofligi  va

                  yaltirokligi)ni aniklash.

                  3. Minerallarning ulanish tekisligi va sinish yuzalarini aniqlash.

                  4. Minerallarning qattikligini Moos shkalasidagi etalon minerallar

                  yordamida aniklash.

                  5. Minerallarning taxminiy solishtirma og‘irligini aniklash.

                  6. Minerallarning boshka o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash: ta’mi, xidi, 10 % li

                  xlorid  kislotasi  bilan  reaksiyaga  kirishishi,  magnit  tortishish  xususiyati,

                  qayishqoqligi, elastikligi va boshqalar.

                  Ish bo‘yicha berilgan topshiriqlar:

                  1. Sof elementlar sinfiga kiruvchi mis, olmos, temir, platina, kumush, margimush,

                  simob,  grafit,  olmos,  oltingugurt  minerallarining  fizik  va  boshqa  xossalarini

                  aniqlang, jadvalda aks ettiring.
   56   57   58   59   60   61   62   63   64   65   66