Page 64 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 64
juda o‘xshash. Ularning farqi: antimonit cho‘zinchok zirapchasimon kristall hosil
qiladi. Bulanjerit esa sho‘lasimon, tolasimon ko‘rinishda. Burnonit - chuzinchok
ustunsimon shaklli. Nurash jarayonida oksidlanib, serussitga — (RbSO 3) va
anglezitga-(PbSO 4) aylanadi. Galenit ko‘rg‘oshin olishda muhim asosiy manba
hisoblanadi.
Galenit-PbS
Sfalerit - ZnS. Homi yunoncha «Sfaleros» aldamchi degan ma’noni bildiradi.
Tabiatda bir necha xillari mavjud: kleyofan — oq rangli (deyarli aralashmalari yo‘q),
marmatit - kora rangli (temirga boy), prshibramit (kadmiyga boy). Ularning
tarkibida Zn-67,1%, S-32,9%. Aralashma sifatida — Fe - 20%, Mn - 8%, Cd - 2,5-
9,2%, Cu-2,5% gacha. Sfalerit kubik singoniyada kristallanadi. Yaxshi shakllari
kam uchraydi, ammo ba’zi bo‘shliqlarda yuzaga kelib to‘g‘ri tetraedr qiyofasida
uchraydi. Yaxlit donali kristallaridan iborat, ulanish tekisligi yaxlit ko‘rinib turadi.
Ba’zan kristallarning yiriklari ham uchraydi. Rangi qora yoki jigarrang olmos kabi
yaltiraydi. Qattiqligi 3-4; ancha mo‘rt, u elektr o‘tkazmaydi. Suyultirilgan HNO 3 da
eriydi va oltingugurt ajralib chiqadi. Sfalerit ko‘pincha galenit va mis sulfidlari bilan
birga uchraydi.
Sfalerit - ZnS.