Page 68 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 68

Pirit – FeS2. Yunoncha «piros» - olov demakdir (urganda uchkun chiqadi).

                  Tarkibida Fe - 46,6%, S - 53,4% ni tashkil etadi.

                         Pirit- kub singoniyali. Odatda to‘g‘ri tuzilgan kristallari uchraydi (23-rasm).

                  Ma’danlarda  uchraydigan  pirit  kubik,  pentagondodekaedr,  ba’zan  oktaedr

                  ko‘rinishda yuzaga keladi. Bulardan tashqari tog‘ jinslarida xol-xol holda uchratish

                  mumkin. Piritning rangi och mis-sarik, sarg‘ish-qo‘ng‘ir ola- bula bo‘lib tovlanadi.


                  U metall kabi yaltirok, qattiqligi 6-6,5; u elektr tokini yaxshi o‘tkazmaydi.
















                         Bulanjerit – Pb5Sb4S11 yoki 5PS*2Sb 2S 3. Tarkibida R — 55%, Sb — 25,7%

                  va  S  -  18,9%  uchraydi.  Ba’zan  1%  Cu  uchraydi.  Monoklin  singoniyali,  rangi

                  qo‘rg‘oshindek kulrang va temirdek qora. U shaffof emas, metall kabi yaltiraydi.

                  Kattikligi  2,5-3,  ancha  murt,  solishtirma  og‘irligi  2,2;  ulanish  tekisligi  ayrim

                  tomonlar bo‘yicha mukammal. Bulanjerit gidroterman sharoitda yuzaga keladigan

                  kurg‘oshin-rux  ma’danlarida  galenit,  sfalerit  pirit,  arsenopiritlar  bilan  birga

                  uchraydi.  Oksidlanish  zonalarida  bulanjerit  parchalanib,  serussit  RbSO 2  bilan

                  surmaning gidrooksidlarini hosil qiladi  (Zabaykale, Rossiya). Bulanjeritning katta

                  uyumlari qo‘rg‘oshinning ma’dani sifatida ahamiyatga ega.


















                                                       Bulanjerit – Pb5Sb4S11
   63   64   65   66   67   68   69   70   71   72   73