Page 73 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 73
11- MASHG‘ULOT
MAVZU: NITRATLAR GURUHI VA OKSIDLAR GURUHI
MINERALLARINI O‘RGANISH
Ishning maqsadi: Nitratlar va oksidlar sinifidagi minerallarning fizik hossalariga
ta’rif berish. Nitratlar , oddiy va murakkab oksidlar sinfi minerallarini bilish.
Gidrooksil va suvli xillarini aniqlash.
Ishda foydalaniladigan asboblar va jihozlar:
- Minerallar namunalari;
- Laboratoriya ishiga oid adabiyotlar;
- Plakatlar;
- Kristallar haqida slayd-filmlar to‘plami.
Ishning nazariy asoslari:
1. Nitratlar.
2. Oddiy va murakkab oksidlar.
3. Gidrooksidlar.
Nitratlar sinfi. Nitratlar kuchli azot kislotasining tuzlari, suvda oson eriydi,
issiq mamlakatlarda, deyarli hozirgi zamon mahsuloti sifatida yuzaga kelgan.
Natriyli slitra-NaNO3 – chili selitrasi.
Kaliyli selitra-KNO3 - Hindiston selitrasi. Kristallari romboedir shaklida.
Ko‘pincha qobiq mog‘olga o‘xshash, yaxlit massalar holida uchraydi. U rangsiz, oq,
qizg‘ish, qo‘ng‘ir, limondek sariq, shisha kabi yaltiraydi. Qattiqligi – 2; solishtirma
og‘irligi – 2,3; mo‘rt; ulanish tekisligi romboedir bo‘yicha.
Selitra suvda oson eriydi, mazasi sho‘r, og‘izni qattiq sovutadi. Nitratlar
issiq mamlakatlarda, tarkibida azoti bo‘lgan organik moddalarning (parranda va
xayvonlar qiyi va boshqa qoldiqlari), va shuningdek mikrosuv o‘simliklari va
nitrobakteriyalarning biokimyoviy parchalanishi natijasida yuzaga keladi. Bunday
joylarda juda kam bo‘ladigan yog‘inlar hosil bo‘lgan selitrani soyliqqa oqizadi. Vaqt
o‘tishi bilan selitrali sho‘rhok erlarda selitra uyumlarini hosil qiladi. Bu joylarda
selitra bilan bir paragenezisda gips, mirabilit va galitlar uchraydi. Uning yirik
uyumlari, hindiston, Misir, Fransiya, Chili va boshqa erlarda mavjud. Masalan,