Page 70 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 70
- minerallar namunalari;
- laboratoriya ishiga oid adabiyotlar;
- plakatlar;
- kislota;
- mineral kolleksiyalari;
- kristallar xakida slayd-filmlar to‘plami.
Ishning nazariy asoslari:
1. Galoid birikmalar sinfi.
Galoid birikmalar sinfi
Kimyoviy nuqtai nazardan qaraganda galoidlar HF, HCІ, HBr va HJ
kislotaning tuzlari bo‘lib, vodorod o‘rniga ishqoriy, ishqoriy er metallari, xamda Cu,
Ag, Pb, Hg, Fe, Mn lar kation vazifasini bajaradi. Ushbu minerallarga shaffof,
rangsiz, solishtirma og‘irligi kichik va oson eruvchanlik xususiyati hamda shishadek
yaltirashi xosdir.
Flyuorit - SaF2. «Flyuorum» ftor elementining lotincha nomi. Tarkibi Ca
— 51,2%, F - 48,8%. Izomorf aralashma holda ittriy, seriy va uran bo‘ladi. U kub
singoniyali, to‘g‘ri tuzilgan kubik, ba’zan oktaedrik, dodekaedrik kristallar holida
uchraydi. Ayrimda xol-xol donali yaxlit massa bo‘lib, ba’zan tuproqsimon massa
shaklida topiladi. Odatda rangsiz, shaffof, ba’zan sariq, yashil, havorang, gunafsha,
qoramtir bo‘ladi.
U shishadek yaltiraydi. Qattikligi-4, solishtirma og‘irligi - 3,2; mo‘rt, ulanish
tekisligi kub bo‘yicha mukammal. Flyuoritning aksariyat qismi gidrotermal
jarayonda paydo bo‘ladi.
Flyuoritning 70% ga yaqini metallurgiyada oson eriydigan shlaklar olish
uchun ishlatiladi. U kimyo, keramika, shisha sanoatlarida va boshqa juda ko‘p
joylarda foydalaniladi.