Page 66 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 66
Realgar - AsS.
Antimonit-Sb2S3- Mineral nomi yunoncha «antimonium»-surma so‘zini
anglatadi. Tarkibi Sb — 71,4%, S — 28,6%, aralashma sifatida As, Ag, Au uchraydi.
Rombik singoniyali, ko‘proq prizma shaklida, ustunchaga, ignaga o‘xshash, yonlari
tik chiziqlar bilan qoplangan bo‘ladi. Antimonitning rangi ko‘rg‘oshindek kulrang,
ayrim kristallari ko‘kimtir qora bo‘lib tovlanadi. U shaffof emas, metall kabi
yaltiraydi, uning qattikligi 2-2,5, ancha mo‘rt mineral (21-rasm). Ulanish tekisligi
prizma bo‘yicha mukammal, solishtirma Og‘irligi 4,6, elektr tokini o‘tkazmaydi.
Uning yirik uyumlari gidrotermal jarayonda yuzaga keladi. Ba’zan vulkan
mo‘rilarida va atrofida vulkan mahsulotlari orasida uchraydi. Oksidlanish zonalarida
ancha osonlik bilan parchalanib, turli oksidlarga - valentenit, servantitlarga aylanadi.
Antimonit-Sb2S3
Xalkopirit- CuFeS2. Nomi yunoncha «xalkos» — mis, «piros» —
olovma’nosini bildiradi. Mis kolchedani tarkibida-Si -34%, Fe - 30,54%, S -34,9%.
U tetragonal singoniyali. Yaxshi kristallari bo‘shliqlarda paido bo‘ladi. Rangi jez
sarik, to‘q sarik, ola-bula bo‘lib tovlanadi. U shaffof emas, metall kabi kuchli
yaltiraydi, mo‘rt mineral. Xalkopirit pirita uxshash, rangi va qattikligi bilan
farqlanadi. Xalkopirit HNO 3 kislotada parchalanadi va oltingugurt ajraladi.
Xalkopirit pirrotin, petlandit boshqalar bilan birga intruziv jinslar oralarida