Page 71 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 71
Flyuorit - SaF2.
Galit - NaCl. Grekcha «galos» tuz demakdir. U "osh tuzi" ham deyiladi.
Tarkibi Na - 39,4% va CI — 60,6%. Mexanik aralashma sifatida gil, organik
moddalarda bo‘ladi. U kub singoniyali, tuz havzalarining ostida bir-birlariga
yopishmagan dona-dona bo‘lib, zich kristallangan ko‘rinishda topiladi.
Galit shishadek yaltiraydi; qattikligi - 2; solishtirma og‘irligi - 2,2; mo‘rt;
suvda oson eriydi, mazasi sho‘r. U juda gigroskopik, havo namini o‘ziga tortib oladi.
Galit ekzogen sharoitda kuriyotgan ko‘llarda yoki dengiz xavzasidan kum to‘siklari
bilan ajralgan sayoz ko‘ltiqlarda kuruq va issiq iqlimli sharoitlarda paydo bo‘ladi.
Galitning eng katta zaxirali konlari turli geologik davrlada yuzaga kelgan. Galit –
muhim oziq ovqat mahsuloti. U sanoat va qishloq xo‘jaligining turli tarmoqlarida
ishlatiladi.
Silvin – KСl. Tarkibi: K-52,5%, Сl – 47,5%. Mexanik aralashma holida
NaCl, Fe 2 O 3 ishtirok etadi. U kub singoniyali, qavat-qavat teksturali yaxlit, donador
massalar holatida topiladi. Silvinning toza xillari – shaffof, rangsiz, oq, och qizil va
pushti rangli bo‘ladi. Shishadek yaltiraydi, qattiqligi-1,5-2, solishtirma og‘irligi-
1,99. Uning mazzasi o‘tkir, sho‘r, ba’zan achchiq; ancha mo‘rt minerall. U galit kabi
kurayotgan sho‘r suvli ko‘llarda yuzaga keladi. Ma’lumki, kaliy tuzlarining ko‘p
qismi dalalarni o‘g‘itlash uchun sarf bo‘ladi. Biroz qismi kimyo sanoatida,