Page 74 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 74
Shimoliy Chiliy selitrasining maydoni quyidagicha – uzunligi 140 km, kengligi 18-
80 km va qalinligi 1,5 m atrofidagi qatlamsimon kon hisoblanadi. Selitra mineral
o‘g‘itlarning eng yaxshi turi hisoblanadi. U shisha sanoatida, portlovchi moddalar
tayyorlashda ishlatiladi.
Oddiy va murakkab oksidlar sinfi
Bu guruh minerallari metall va metalloidlarning kislorod va gidrooksidlar
bilan qo‘shilib hosil qiladigan eng oddiy birikmalarini o‘z ichiga oladi. Keyingi
ma’lumotlarga binoan kislorod bilan 40 dan ortik kimyoviy element turli xil
birikmalar hosil qiladi.
Oksidlar va gidrooksidlar er po‘stining 17% ni tashkil etadi. SHuңdan 12,5%
SiO 2 hisobiga to‘g‘ri keladi.
Bu sinfning eng keng tarqalgan minerallari bo‘lib kremniy, alyuminiy, temir,
marganets va titan oksidlari hisoblanadi.
Oksidlar magmatik, pegmatit, gidrotermal va ko‘proq ekzogen jarayonlarda
hosil bo‘ladi.
Kuprit –Cu2O. Mineral nomi yunoncha «kuprum» - mis so‘zidan kelib
chiqqan. Tarkibida mis miqdori 88,8% ni tashkil etadi. Kubik singoniyali.
Odatda donador, ba’zan xolsimon xillarda uchraydi. Rangi qizil, metall kabi
yaltiraydi. Kupritning kattikligi 3,5-4, solishtirma og‘irligi 5,8-6,2.
Ulanish tekisligi kub bo‘yicha mukammal. Kupritning o‘ziga xos
xususiyatlari: olmosdek yaltiraydi, rangi qizil. U misning gipergen zonalarida keng
tarqalgan bo‘lib, bornit, xalkozin, kovellin, xira ma’dan (bleklaya ruda)lar bilan
birga uchraydi.
Kuprit –Cu2O.