Page 78 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 78
Uraninit — UO2.
Kvars — SiO2. Kremniy oksidi minerallari er po‘stida keng tarqalgan (barcha
minerallarning 12% dan ortig‘rog‘ini tashkil etadi) va puxta o‘rganilgan. Kremniy
oksidi polimorf turlarining bu guruhga oid uch xilikvars, kamrok ahamiyatli tridimit
va kristobalit bo‘lib, ular o‘z navbatida - yuqori va past haroratli xillarga bulinadi.
Past haroratda hosil bo‘lgan a - kvarsning kristallik tuzilishi yuqori haroratda
kristallanadigan ikkita v - kvars tuzilishidan ancha farq qiladi.
Kremniy oksidining turli xil singoniyali turlari (modifikatsiyalari) bir-biridan
fizik xossalari va optik xususiyatlari bilan farq qiladi.
U rangsiz, shaffof, sutdek ok (24-rasm). Kvarsning turli ranglarga
buyalgan xillarining alohida nomlari bo‘ladi: 1) tog‘ billuri - rangsiz, shaffof
(25-rasm); 2) ametist – binafsha (26-rasm); 3) rauxtopaz - kulrang
ko‘ng‘ir tusli; 4) marion - qora rangli; 5) sitrin - tilla sariq, limon sariq
rangli.
Kvarsning qattiqligi - 7, ulanish tekisligi yo‘q, solishtirma og‘irligi 2,5-2,8. U
nordon va o‘rta nordon intruziv jinslar uchun mansub mineral.
Kvars — SiO2