Page 80 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 80
Ilmenit - FeTiO3. Tarkibida Fe - 36,8%, Tі — 31,6%, O -31,6%. Nomi
Uraldagi Ilmen tog‘i nomlaridan olingan. U trigonal singoniyali bo‘lib tabiatda
yo‘g‘on ustunsimon, plastinkasimon ko‘rinishda paydo bo‘ladi. Ilmenit temir kabi
qora, ba’zan po‘latga o‘xshash kul rang, yarim metall kabi yaltiraydi, qattiqligi 5-6,
solishtirma og‘irligi 4,7, kuchsiz magnitlilik xususiyatga ega. Ilmenit titan olishda
asosiy mineral hisoblanadi. Ilmenitlar asos intruziv jins- gabbroidlar bilan uzviy
genetik bog‘liq. Bunda ilmenit magnetit, apatitlar bilan birga uchraydi.
Ilmenit - FeTiO3
Magnetit - FeO*Fe2O3. Magnetit tarkibida 72,4% temir bo‘ladi. Magnetit
tarkibida TiO2 bir necha foiz bo‘lsa - titanomagnetit deyiladi; agar bir necha foiz
xrom bo‘lsa, unda xrommagnetit deb ataladi. U kub singoniyali bo‘lib, tabiatda
oktaedrik, rombododekaedrik qiyofalarda bo‘ladi. Magnetitning rangi qora, yarim
metall kabi yaltiraydi. Qattikligi 5,5-6, solishtirma og‘irligi 4,9-5,2. Kub bo‘yicha
ulanish tekisligi mukammal. Kuchli ravishda magnit tortish xususiyatlariga ega.
Ammo uni 580°S ga yakin haroratda kizdirganda magnit tortish xususiyati to‘satdan
yo‘qoladi, sovuganda yana magnit tortadigan bo‘lib qoladi. Magnetit turli jinslarda
uchraydi va magmatik jinslarda xol-xol donador shakllarda bo‘ladi.
Magnetit - FeO*Fe2O3