Page 84 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 84
uchraydigan kristallari taxtachasimon shaklli, talkka o‘xshash varaqsimon
agregatlar holida uchraydi. Brusitning rangi oq, rangsiz, ba’zan biroz yashil tusda
bo‘ladi va sadafdek yaltiraydi. Brusitning qattikligi - 2,5, solishtirma og‘irligi 2,4.
Brusit erigan magniy birikmalarning ishqorli muhitda gidrolizlanishi natijasida
yuzaga keladi. Brusitning juda katta uyumlari magniyga xom ashyo hisoblanadi.
Brusit - Mg(OH)2.
Gyotit - FeO(OH). Mineralning nomi shoir Gyote (1749-1832) sharafiga
ko‘yilgan. Tarkibida FezO; — 89,9%, H-0 — 10,1% bo‘ladi. Rombik
singoniyali. Odatda kristallari ignasimon, ustunchasimon qiyofalarda bo‘ladi.
Ko‘proq minerallarning ichki tuzilishi ingichka radial yoki parallel tolalardan iborat
okik buyraksimon shakllarda bo‘ladi (27-rasm).
Gyotitning rangi to‘q qo‘ng‘irdan qoragacha. U yarim metalldek yaltiraydi.
Qattikligi - 5,5, solishtirma og‘irligi 4,0-4,4. Gyotitni ignasimon yoki
ustunsimon kristall shakllarida ko‘ramiz. U asosan ekzogen mineral bo‘lib, doimo
kolomorf yoki metakolloid massalar shaklida tarqalgan. Demak, getit er yuzasining
eng ustki qismida kislorod va suv etarli bulgan sharoitda hosil bo‘ladi. Bu mineral
ham temir olishda xom ashyo hisoblanadi.
Gyotit - FeO(OH).