Page 86 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 86
2. Kvarsning rangi bo‘yicha xillarini ayting. (Ametist, tog‘ billuri, marion, sitrin).
va
Mineral nomi, formulasi Kristallaring shakli CHizig‘ining rangti YAltiroqliligi tekisligi Solishtirma og‘irligi Diagnostik belgilari Hosil bo‘lish sharoitlari Amaliy ahamiyati
№ Singoniyasi Rangi Ulanish sinishi Qattiqligi
12-MASHG‘ULOT
MAVZU: KARBONATLAR SINFI MINERALLARINI O‘RGANISH.
Ishning maqsadi:
Karbonatlar sinfidagi minerallarning fizik xossalariga ta’rif berish. Suvli va suvsiz
karbonat minerallarini bilish. Sodani kimyoviy xossasini ta’rifi.
Ishda foydalaniladigan asboblar va jihozlar:
- minerallar namunalari;
- laboratoriya ishiga oid adabiyotlar;
- plakatlar;
- kislota;
- kristallar xaqida slayd-filmlar to‘plami.
Ishning nazariy asoslari:
1. Suvli karbonatlar.
2. Suvsiz karbonatlar.
Karbonatlar sinfi
Karbonat guruhi minerallari Er po‘stida juda keng tarqalgan. Bular orasida
kalsit (SaSOz ) juda ko‘p tarqalgan bo‘lib, u asosan dengiz cho‘kindisi tariqasida
g‘oyat katta qatlamlarni tashkil qiladi. Bulardan tashqari karbonatlar turli konlarda
ma’dan minerallarining yo‘ldoshi sifatida xizmat qiladi.
Karbonatlarning asosiy kationlari kuyidagilar: Sa, Mg, Na, Fe; nisbatan
kamrok - Si, Zn, P, Mn, Tr, Bi. CSuvsiz karbonatlarning qattikligi yukori bo‘lmaydi
(odatda 3-5 atrofida). Karbonatlarning suvda eruvchanligi yukori Karbonat guruhi
minerallarining rangi xilma-xil bo‘lib, asosan xromoform elementlarga bog‘liq.