Page 90 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 90
32-rasm. Serussit
Dolomit - SaMg(CO3)2- Fransuz mineralogi Dolome (1750-1801) nomi
bilan atalgan. Tarkibida SaO — 30,41%, MgO - 21,86% va SO 2 — 47,73%. Trigonal
singoniyali, kul rang, ba’zan sarg‘ish, qo‘ng‘ir yashil tusda tovlanadi, shishadek
yaltirok, qattiqligi — 3,5-4, solishtirma og‘irligi-2,9, mo‘rt; ulanish tekisligi
romboedr bo‘yicha mukammal. Dolomit ham kalsitga o‘xshash keng tarqalgan,
ayniqsa Kembriy davrigacha yuzaga kelgan jinslar oralarida yirik katlamlar hosil
qiladi. Dolomit tipik gidrotermal temir konlarida magnezit, kalsit, sulfidlar, kvars va
boshka minerallar bilan birga uchraydi. Dolomit kurilish materiali sifatida
ishlatiladi.
33-rasm. Dolomit
Malaxit – Cu2[CO3](ON)2. Yunoncha «malaxe» gulxayri demakdir. SHu
O‘simlik rangiga o‘xshashligi uchun nom berilgan bo‘lsa kerak. Tarkibida – SiO -
71,9%, SO 2 - 19,9%, H 2O - 8,2% mikdorida aniklangan. U monoklinal singoniyali.
Tabiatda buyraksimon (29-rasm), radial shu’la kabi tuzilgan: ba’zan oqiq shakldagi
massa holida ham uchraydi. Ba’zan konsentrik zonal tuzilishda bo‘ladi. Malaxit
yashil rangli, yaltirashi shishadek, olmosdek, ba’zan tolasimonlari ipakdek. Uning
qattikligi 3,5-4, solishtirma og‘irligi 4, ulanish tekisligi mukammal. Malaxit mis
sulfid konlarining oksidlanish zonalarida uchraydi.