Page 93 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 93
2. Suvsiz sulfatlar.
Sulfatlar sinfi
Sulfatlar H 2SO 4 kislota tuzlari bo‘lib, ular soni 250 dan ortiq. Ular yer
po‘stining 0,61% ini tashkil etadi. Bu sinfga natriy, kaliy, kalsiy, magniy, bariy kabi
elementlarning sulfatlari kiradi. Ular 10% li xlorid kislotasi bilan reaksiyaga
kirishmaydi.
Sulfatlar ko‘l va dengizlarda, lagunalarda kimyoviy cho‘kindi sifatida hamda
sulfidlarning oksidlanishi va gidrotatsiyasi natijasida hosil bo‘ladi. Ba’zi sulfatlar
gidrotermal jarayonda (barit, selistin) paydo bo‘ladi.
Barit – BaSO2. YUnoncha «baros» — og‘irlik demakdir. Kub singoniyali,
kristallari donador, kamdan-kam zich, yashirin kristallangan, tuproqsimon bo‘ladi.
Barit - qordek oq, shaffof, ba’zan sarg‘ish, ko‘kish, qo‘ng‘irroq bo‘ladi. Uning
yaltirashi - shishadek, ulanish tekisligi sadafdek mukammal, qattiqligi - 3,5,
solishtirma og‘irligi - 4,5.
Barit uyumlari o‘rta va past haroratli gidrotermal jarayonda yuzaga keluvchi
barit - polimetall konlarning 50-60% ni tashkil etadi, barit flyuorit tomirlarida esa
undan ham ko‘plab uchraydi. Barit vulkan jinslari orasida tomir va tomirchalar xosil
qiladi. Barit sanoatning turli tarmoklarida keng qo‘llaniladi.
35-rasm. Barit
Selestin - SrSO4. Yunoncha ««selestis» - havo rang demakdir. Tarkibida
SrO - 56,4% bo‘ladi, ba’zan Sa va Va — 1,5-2% atrofida. U rombik singoniyali,
kristallari tabletkasimon, ustunsimon yoki prizma ko‘rinishda bo‘ladi. Uning rangi
- havo rang, sarg‘ish, qizg‘ish, ba’zan rangsiz, shaffof, yaltirashi shishadek, ulanish
tekisligi mukammal, sadafdek tovlanadi. Selestinning qattikligi — 3,5; solishtirma
og‘irligi 4; mo‘rt mineral. Uning asosiy uyumlari cho‘kindi - xemogen sharoitda