Page 97 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 97
6. Minerallarning boshka o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash: ta’mi, xidi, 10 % li
xlorid kislotasi bilan reaksiyaga kirishishi, magnit tortishish xususiyati,
qayishqokligi, elastikligi va boshqalar.
Ish bo‘yicha berilgan topshiriklar:
1. Keltirilgan misol yordamida sulfatlar sinfi minerallaridan selestin, anglezit,
angidrit, tenardit, mirabilit, alunit, yarozit, kaliyli achchiktosh, natriyli achchiktosh
va boshkalariga ta’rif bering, ularning fizik va boshqa xossalarini aniqlang, jadvalda
aks ettiring.
2. Suvli va suvsiz sulfatlar minerallariga ta’rif bering.
nomi, bo‘lish
Mineral formulasi Singoniyasi Kristallaring shakli Rangi CHizig‘ining rangti YAltiroqliligi Ulanish tekisligi va sinishi Qattiqligi Solishtirma og‘irligi Diagnostik belgilari sharoitlari Amaliy ahamiyati
№ Hosil
14-MASHG‘ULOT
MAVZU: SILIKATLAR VA ALYUMOSILIKATLSR SINFI
MINERALLARI
Orolsimon silikatlar sinfi minerallarini aniqlash va o‘rganish.
Ishning mavsadi: Silikatlar sinfidagi minerallarining fizik xossalariga
ta’rif berish. Feremanning tasnifi bo‘yicha silikatlar sinfi minerallarini yer
po‘stidagi miqdorini aniqlash. Silikatlar konstitutsiyasi to‘g‘risida aniq ma’lumotga
ega bo‘lish lozim. Silikatlar sinfi minerallarini klassifikatsiya bo‘yicha o‘rganish.
Orolsimon silikatlar sinfidagi minerallarning fizik xossalariga ta’rif berish, ularni
aniqlash.
Ishda foydalaniladigan asboblar va jihozlar:
-minerallar namunalari;
-laboratoriya ishiga oid adabiyotlar
-plakatlar
-kislota
-mineral kolleksiyalari