Page 99 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 99
ya’ni Si ionini o‘rab turgan kislorod ionlarining birortasi ham boshqa yonma-yon
turgan kremniy kislorod tetraedrlari uchuy umumiy bo‘lmaydi.
Bu tip silikatlarning o‘ziga xos fizik xususiyatlari shu bilan xarakterliki, u
kristall panjaralarining ixchamligidan kelib chiqadi. Kristallarning shakli, odatda,
izometrikdir. Ionlarning zich joylashganligiga ko‘ra bu minerallarning qattiqligi
bilan solishtirma ogirligi birmuncha ortik bo‘ladi. Uning sindirish
ko‘rsatkichiking kattaligi xam shu bilan tushuntiriladi. Ko‘p hollarda minerallar
och rangli yoki rangsiz bo‘ladi. To‘k rang esa tarkibida xromoforlari bo‘lgan
xillari uchungina xosdir.
Olivinlar guruxi
Olivin - (Mg,Fe)2[Si04], Tarkibida MgO-45-50%, FeO-8-12%, ba’zan
20% gacha. U rombik singoniyali, rombodipiramidal. Odatda olivin donador
agregatlar holida uchraydi. Olivinning rangi yashilroq tovlanuvchan sariq,
ko‘pincha rangsiz, mutlaq shaffof xili - xrizolit deyiladi. Yaltirashi shishadek,
yog‘langandek, qattikdigi 6,5-7; ancha mo‘rt, odatda chig‘anoqsimon yuza hosil
qilib sinadi. Solishtirma ogirligi 3,3-3,5. Uni kristallarning xol-xol bo‘lib
joylashishiga, to‘k yashilroq sariq rangiga, shishadek yaltirashi va notekis
sinishiga qarab ajratsa bo‘ladi. Olivin magmatik yo‘l bilan yuzaga keladi.
42-rasm. Olivin
Granatlar guruxi
Granatlar guruxi minerallari ikki qagargabo‘livadi:
1. Almandin qatori - (Mg, Fe, Mp) 3A1 2[SiO 4] 3 Pirop - Mg 3 Al 2[Si0 4] 3
Almandin – G‘e 3Al 2[Si0 4] 3 Spessartin - Mn 3Al 2[Si0 4] 3
2. Andradit qatori - Ca 3(AI,Fe,Cr) 2[Si0 4] 3 Grossulyar – Sa 3Al 2[SiO 4]z