Page 98 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 98
-kristallar haqida slayd-filmlar to‘plami.
Ishning pazariy asoslari:
1. Silikatlar sinfi minerallari va ularni klassifikatsiyasi.
2. Orolsimon silikatlar.
Silikatlar sinfi
Silikatlar kremniy va alyumokremniy kislotalarining tuzlaridir va ular
minerallarning eng katta sinfini tashkil kiladi. Silikatlar uchuy juda murakkab
kimyoviy tarkib xosdir. Ular tarkibiga kiruvchi eng asosiy elementlar kuyidagilar
hisoblanadi: O, Si, Al, Fe, Mg, Mn, Ce, Na, K, Li, V, Be, Ti, Zr, F, Hf.
Silikatlar yer po‘stining 75% ini tashkil qiladi. Bu sinfga jami
minerallarning uchdan—bir—qismi ( 800 ga yaqin mineral) to‘gri keladi.
Silikatlarning genezisi magmatik, pegmatit, gidrotermal, kontakt- metasomatik va
metamorfik jarayonlar bilan bog‘langan va ular eng muhim tog‘ jinsi hosil qiluvchi
minerallar hisoblanadi.
Silikatlar muhim nometall foydali qazilma xssoblanadi. Bundan tashqari
ular kamyob va tarqoq elementlar uchun asosiy xom ashyodir.
Ushbu sinf minerallari tarkibi juda murakkab bo‘lib, elementlar o‘zaro
o‘rin almashib turadi. Shu sababli silikatlar tarkibidagi kremniy va kislorodning
hosil qilgan tetraedr shaklidagi anion qismining o‘zaro qanday bog‘langanligiga
qarab quyidagi yirik guruhlarga ajratiladi:
1. Orolsimon silikatlar.
2. Zanjirsimon silikatlar.
3. Lentasimon silikatlar.
4. Varaqsimon silikatlar.
5. Karkassimon silikatlar.
Orolsimon silikatlar
Kristall strukturasida, struktura birliklari sinfida ajratilgan tetraedrik
(Si0 4) anionlarning ishtirok etishi, shu sinfga tegishli bo‘lgan silikatlar kristall
4+
strukturasining eng muhim xususiyatlaridan biridir. Bu yerda ko‘riladigan
minerallarning kristall strukturalarida bu tetraedrlar yakka-yakka bo‘lib joylashadi,