Page 101 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 101
Sirkon
Sfen - CaTi[SiO4]O. Yunoncha «sfen» - nona ma’nosini bildiradi.
Tarkibida SaO - 28,6%,T i02 - 40,8%, Si02 - 0,6%, bundan tashqari FeO - 6%
gacha, MnO - 3% gacha, (U,Se)20 3 - 12% gacha aralashmalar borligi aniqlangan.
U monoklin singoniyali, simmetriya ko‘rinishi rombo-prizmatik, kristallarining
ko‘ndalang kesimi ponaga o‘xshash, ba’zan tabletkasimon. Sfenning rangi sariq,
ko‘ngir, yashil, ba’zan qora, pushti yoki kizil bo‘ladi. Yaltirashi olmosdek,
yoglangandek, qattikdigi 5-6, solishtirma ogirligi 3,2- 3,5, aniqlash belgisi sargish-
ko‘ng‘ir rangi va ponasimon shakli bilan ajraladi. U qizdirilgan NS1, H 2SO 4
kislotalarida Sa sulfat tuzi hosil qilib, butunlay parchalanadi. Sfen ikkinchi darajali
mineral sifatida ishqorli va nordon o‘rta intruziv jinslarda dala shpatlari.
nefelin. zgirin, sirkon, apatit va boshka minerallar bilan bir assotsiatsiyalarda
uchraydi. Biroq uning yirik kristallari ishkorli pegmatitlarda bo‘ladi. U ba’zan
metamorfik jinslar (gneyslar, kristallik slaneslar, amfibolit) uchun xos mineral
holida yuzaga keladi.
Sfen
Topaz - Al[SiO4](F2OH)2. Nomi Qizil dengizdagi Topazos
orolidankelib chiqqan. Tarkibida A1 2O 3 - 62,0-48,2%, SiO 2 3-28,2%, F - 13-
20,4%. N 2O - 2,45% gacha. U rombik singoniyali, uning yaxshi kristallari
kam uchraydi, faqat bo‘shliqlarda topiladi. Topazning yirik kristallari 25-32 kg
pegmatitlarda topilgan (30-rasm). U ko‘pincha pinakoid, dipiramidalar va
boshqa shakllari ko‘proq uchraydigan prizmatik kiyofalarda mavjud. U rangsiz,
ba’zan och sarik, somon sariq va och havo rang, och pushti, kamdan-kam och
kizil tuslarda bo‘ladi. Yaltirashi shishadek; qattiqdigi 8. Uning solishtirma
og‘irligi 3,5-3,57. Topaz nordon intruziv jinslarda ikkinchi darajali mineral; ammo