Page 106 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 106
4
kremnekislorodli [Si 4O 10] yoki alyumokislorodli [(Si 2Al)4O 10] qatlamlardan
tashkil topgan bo‘lib, ulardagi tetraedrlar uchta umumiy uch bilan boglangan.
Qatlamli silikatlar uchuy Si ving A1 ga keng izomorf o‘rin almashish;
4+
3+
ortikcha manfiy zaryadlar paketlar orasida suv molekulalari bilan birgalikda
+
joylashgan Sa , Na , K bilan kompensatsiyalashuvi xarakterli. Qatlamli
+
2+
silikatlarda asosiy kationlar bo‘lib Mg, Al, Fe, Sa, Ni hamda K va Na hisoblanadi.
4
Qatlamli silikatlar uchun umumiy radikal [Si 4O 10] ~ yoki [(Si,Al) 4O 10] shakl bilan
ifodalanishi mumkin.
Qatlamli strukturalarga minerallarining tabletkasimon kristallari,
tangachasimon agregatlari, ba’zan yashirin kristalli shakli xarakterli. Qatlamli
silikatlar, ayniqsa mayda tangachali agregatlarda biri ikkinchisidan qiyin
farkdanadi. Bu minerallar uchun ularning mukammal va juda mukammal ulanishi
xarakterli bo‘ladi. Ularning kattikdigi, odatda, yuqori emas.
Qatlamli silikatlarning asosiy massasi orolli, zanjirli, tasmali qamda karkasli
silikatlarning gidroliz mahsulotlari sanaladi. Bular gidrotermal o‘zgargan jinslar
va tashqi jarayonlarning minerallaridir. Ular kontakt-metamorfik (skarilar) va
metamorfik jarayonlarida (slaneslar, gneyslar) ham vujudga keladi.
Slyudalar yaxshi olovbardoshlnkka, elektr izolyatsiyalovchi xossalarga ega.
Cho‘kindi jinslarda slyudalar qo‘shimchalar sifatida uchraydi.
Slyudalar va gidroslyudalar guruhi
Slyudalarning rangi kimyoviy tarkibiga bog‘liq bo‘lib, kaliyli temirsizlari
rangsiz, temirga boylari esa qoramtir, ayrimda qora.
Muskovit-KAl2[(OH,F)2AlSi3O10. Monoklin singoniyali, kristallarning
qiyofasi plastinkasimon yoki tabletkasimon bo‘lib, ko‘ndalang kesimi
psevdogeksagonal yoki rombga o‘xshash bo‘ladi. Agregatlari yaxlit varaq- varaq
donador yoki tangachalardan iborat massalar holida uchraydi. Muskovitning
qattikdigi 2-3; solishtirma oshrligi 2,7-3,0. U jins hosil qiluvchi mineral sifatida
ba’zi bir intruziv nordon jinslarda, greyzenlarda topaz, kvars, volframit, kassiterit,
molibdenitlar bilan bir assotsiatsiyada mavjud. Granit-pegmatitlarda benixoya yirik
kristallari, kundalangi 1-2 m keladigan uyumlar hosil qiladi.