Page 108 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 108
Flogopit
Biotit-K(Mg,Fe ,Mn)3[OH,Fe Si3O10]. Tabiatda keng tarkalgan
3+
2+
mineral. Monoklin singoniyali, monoklin-prizmatik, tabletkasimon, ustunsimon
va piramidal qiyofalarda bo‘ladi. Rangi kora, qo‘ng‘ir, qizg‘ish yashilroq tuslarda
bo‘ladi. U shishadek yaltiroq, yuzasi sadafdek tovlanadi. Qattiqligi 2-3, solishtirma
ogirligi 3-3,12. Mikroskop tagida pleoxroizma anik ko‘rinadi. Biotit magmatik
jinslarning jins hosil qiluvchi minerali sifatida, ba’zan xol-xol donalar sifatida
uchraydi. Uning yirik kristallari pegmatitlarda paydo bo‘ladi.
Biotit
Talk - Mg3[Si4O10][OH]2. Tarkibida MgO - 13,7%, Si0 2 - 63,5%, N 20 -
4,8%, ba’zan FeO - 2-5% bo‘ladi. Monoklin singoniyali, kristallari geksagonal va
rombik qiyofada. Agregatlari varaq-varaq, tangacha-tangacha, yoglangandek zich
massa holida topiladi. Uning rangi och yashil yoki sarg‘ish, qo‘ng‘ir, yashilrok ok
shishadek yaltiraydi va sadafdek tovlanadi. Uning qattiqligi - 1, varaqchasimon,
varakdari egiluvchan, qayishqoq emas, ulanish tekisligi o‘ta mukammal, solishtirma
ogirligi - 2,8, issiqlikni va elektr tokini yaxshi o‘tkazmaydi. Utga chidamli, 1300-
1400°S da ham erimaydi. Uning yumshokdigi ko‘lga yoglangandek unashiga,
rangiga va varaq-varaq tuzilishiga qarab aniqlanadi. Talk magnitga boy o‘ta asos