Page 109 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 109
jinslarning gidrotermal o‘zgarishidan paydo bo‘ladi. Talk sanoatda keng
qo‘llaniladi. qog‘oz, rezina, parfyumeriya, sanoatlarida bo‘yoqchilikda, qalamlar
ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Talk
Serpentin – Mg6(,[Si4O10](O N )8. Tarkibida MgO - 43%, Si0 2 - 44,1%,
N 20 - 12,9%. Monoklin singoniyali, yaxshi kristallari uchramaydi. Uning yaxshi
kristallari antigoritda mavjud. Uning rangi yashil, shishadek yaltiroq, yoglangandek.
Qattikdigi 2-3, antigoritda 3,5 atrofida. Serpentinlar o‘ta asos jinslarning (dunit,
peridotit va olivinga boy asosli) gidrotermal o‘zgarishidan yuzaga keladi.
Serpentinning xrizotil-asbest turi mavjud (32- rasm). U ingichka tolali.
Serpentin
Kaolinit - Al4 [Si4O10](OH)8. Tarkibida: A1 20 3 - 39,5%, Si0 2 - 46,5%,
H 20 -14%. Monoklin singoniyali, agregatlari sochiluvchan, tangachasimon zich
mayda. U rangsiz, ok sargish, ba’zan ko‘kimtir tovlanadi; sadafdek yaltiraydi. Uning
qattiqligi 1 ga yaqin. Tabiatda alyumosilshsatlarga boy (dala shpatlari na
slyudalarga) intruziv va kristallik slaneslarning nurash zonalarida paydo bo‘ladi.
Kaolinit sanoatning ko‘p tarmoqlarida ishlatiladi.