Page 114 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 114
tuzilishi bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi:
x
1. Natriy-kalsiyli dala shpatlari Na[AlSi 3O 8]-Ca[Al 2Si 2O8] katorlaridan
iborat bo‘lib, “plagioklazlar” deb ataladi.
2. Kaliy-natriyli dala shpatlari, yuqori haroratda K[AlSi 3O 8] - Na[AlSi 3O 8]
uzluksiz qattiqeritma qatorini hosil qilib, asta-sekin soviganda kaliyli va natriyli
minerallarga ajraladi.
3. Kaliy-bariyli dala shpatlari ham K[AlSi 3O 8] - Ba[Al 2Si 2O 8] izomorf
aralashmasidan iborat; tabiatda kam uchraydigan gialofanlar deb ataladigan
minerallarni hosil qiladi.
Plagioklazlar
Bu guruhga kiradigan minerallar albit va anortit molekulalarining turli
nisbatdagi qattiq izomorfik qatorini tashkil etadi. Ushbu izomorf qatorga kiruvchi
minerallar kuyidagilarga bo‘linadi:
Albit - Na[AlSi 3O 8] - 0-10%, Oligoklaz - 10-30%, Andezin - 30-50%,
Labrador - 50-70%, Bitovnit- 7 0-90%, Anortit - Ca[Al 2Si 2O 8] - 90-100%.
Plagioklazlar barcha magmatik jinslar tarkibida uchraydi. Ularning kimyoviy
tarkibi muxim axamiyatga ega. U.S.Fedorov har bir plagioklazlar tarkibidagi
anortit molekulasining foizdagi miqdoriga qarab alohida guruhchalarga ajratadi
(5- jadval). Masalan, agar plagioklazning № 37 bo‘lsa, unda 37% anortit va 63%
albit molekulasi bo‘lsa - “andezin” deyiladi; yozilishi quyidagicha An 37Ab 63, agar
plagioklaz № 56 bo‘lsa, anortit 56% va albit 44%ni tashkil etadi va “labrador” deb
ataladi An 56Ab 44.
Plagioklazlar triklin singoniyali, simmetriya ko‘rinishi pinokoidal,
tabletkasimon; yoki tabletkacha-prizmatik qiyofaga ega. Odatda murakkab
polisintetik ko‘shaloq kristallari keng tarkalgan; oddiy ko‘shalok kristallari kam.
Rangi xilma-xil, oq, qul rang, ba’zan yashilroq, ko‘kimtir, ba’zan qoraroq,
shishadek yaltiraydi, kattiqligi 6-6,5. Ularning solishtirma ogirligi albitda 2,61
va anortitda 2,77. Ular magmatik jinslarda keng tarkalgan jins hosil qiluvchi
mineral deyiladi. Bulardan tashqari kristallik slaneslar va rogoviklar tarkibida
piroksen, amfibol va slyudalar bilan bir assotsiatsiyada uchraydi.