Page 115 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 115

5-jadval

                      Plagioklazlarning kimyoviy tarkibi (% hisobida, A.G.Betextin bo‘yicha)


                           Tarkibi       №0         №25          №50          №75        №100
                           Na2O          10,76      8,84         5,89         2,92       -
                           CaO           -          5,03         10,05        15,08      36,62

                           Al2O3         19,40      23,70        28,01        32,33      36,62
                           SiO2          68,81      62,43        56,05        49,67      43,28



                        Kaliy-natriyli dala  shpatlari

                        Kaliy-natriy  dala  shpatlari  nordon,  o‘rta  va  ishqorli  magmatik  lppelarga

                  uchun mansub minerallar xisoblanadi. Kimyoviy tarkibiga binoan k.shmili dala

                  shpatlari (ortoklaz, mikroklin) K[AlSi 3O 8] va natriyli albit NaAlSi 3O 8]larning bir-

                  birlari  bilan  turli  munosabatdagi  kattik  izomorf  aralashmalarini  xosil  kiladi.

                  Kaliyli dala shpatlari ichki tuzilishiga ko‘ramonoklin-sanidin, ortoklaz va triklin-

                  mikroklin  va  anortoklaz qatorlarini hosil qiladi.

                           Ortoklaz  —  K[AISi3O8].  Tarkibida  K 2O-16,9%  ,  AlO 3-18,4%,  SiO 2  -

                  64,7% hamda  biroz  Na20  ,  VaO  uchraydi.  Monoklin  singoniyali,  ko‘rinishi

                  monoklin-  prizmatik,  kristallar  qiyofasi  prizmatik  hollarda  mavjud.  Tabiatda

                  shishadek yaltiroq, shaffof, ba’zan och pushti. Qo‘ng‘ir-sariq ranglarda topiladi.

                  Uning qattiqligi 6-6,5, ulanish tekisligi (001) va (010) bo‘yicha mukammal.















                           Mikroklin  kkmyoviy  tarkibi  ortoklazga  o‘xshash.  Triklin  singoniyali,

                  simmetriya ko‘rinishi pinakoidal. Mayda, o‘rta va yirik donador kristallari nordon

                  intruziv  jinslarda  va  ularning  pegmatitlarida  yirik  agregatlar  holida  topiladi.

                  Odatda rangsiz, shaffof; yashil turi  - amazonit deyiladi. Uning qattikdigi 6-6,5;

                  solishtirma  ogirligi  6-6.5.  Ortoklazga  o‘xshash nordok va ishqorli intruziv jinslar

                  va pegmatitlarga mansub mineral hisoblanadi.
   110   111   112   113   114   115   116   117   118   119   120