Page 118 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 118
15-MASHG‘ULOT.
MAVZU: TOG‘ JINSLARINING YOSHINI ANIQLASH.
Yer po‘sti hosil bo‘lgan vaqtidan boshlab uning rivojlanish tarixi va
qonuniyatlarini tarixiy geologiya fani o‘rganadi. Tarixiy geologiya fanining asosiy
vazifalaridan biri tog jinslarini, hosil bo‘lish vaqti bo‘yicha tartibga keltirib
geologik xodisalarning sodir bo‘lish tartibini o‘rnatish (geoxronologiya) dan
iboratdir. Geoxronologiya nisbiy va mutlaq turlarga bo‘linadi. Nisbiy
geoxronologiya tog jinslari hosil bo‘lishining va geologik xodisalarning nisbiy
uzluksizligini, mutlaq geoxronologiya esa, u yoki bu geologik xodisalar va tog
jinslari qachon hosil bo‘lganligini aniqlashga va vaqt birligida ifodalashga imkon
beradi. Shunga muvofiq tog‘ jinslarining nisbiy yoshini aniqlashning bir necha
usullari mavjud. Stratigrafiya usuli tog jinslarining nisbiy yoshini aniqlash uchun
ularning qatlamlanish tartibining ketma-ket, uzluksiz sodir bo‘lishiga asoslanadi,
yaʼni har bir ostki qatlam undan yuqorida joylashgan qatlamga nisbatan qadimiy
hisoblanadi.
Petrografik usul. Tog‘ jinslarining mineral tarkibini o‘rganishga asoslanadi.
Agar geologik kesimlarda bir xil mineral tarkibga, strukturaga, teksturaga, hosil
bo‘lish sharoitiga ega bo‘lgan jinslar kuzatilsa, (masalan, oxaktosh yuqorisida
gillar, gillar ustida alevrolitlar va x.k.) bu tog‘ jinslarini bir vaqtda (bir tarixiy
davrda) hosil bo‘lgan deb xisoblash mumkin.
Paleontologik usul. Bu usul Yerning geologik tarixi organik hayotning
rivojlanishi bilan parallel rivojlangan degan ilmiy tushunchaga asoslanadi. Shuning
uchun tog‘ jinslari tarkibida organik hayotning izi turli toshga aylanib qolgan
hayvon va o‘simlik qoldiqlari ko‘rinishida saqlanib qoladi.
Geofizik usullar tog‘ jinslari har xil fizik xossalarga (zichlikga, elektr
qarshiligiga, radioaktivlikga) ega ekanligiga asoslanadi. Jinslarning yoshini
aniqlash uchun elektro karotaj va gamma karotaj usullaridan foydalaniladi.
Elektrokarotaj usulida tog‘ jinslarining elektr tokiga bo‘lgan solishtirma
qarshiligi, gamma karotajda tabiiy radioaktivligi o‘lchanadi.
Yerning geologik tarixidagi har bir davr, shu davr uchun xos bo‘lgan turli