Page 121 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 121
Tog‘ jinslari yoshini aniqlashning palentologik usuli.
Organizmlarning qurigan qoldiqlarini uzoq vaqt o‘rganish shuni
ko‘rsatadiki, yer qobig‘ining qadimiy qatlamlarida o‘simlik va xayv on
qoldiqlarining kam rivojlangan sodda shakllari, bir muncha yosh yotqiziqlarda esa
bir muncha yaxshi rivojlanganlari uchraydi. Shuni ngdek tog‘ jinslarini yoshini
aniqlashda barcha toshqotgan jinslar xa m bir xilda rol uynamasligi o‘rganilgan.
Organik dunyo tarkibidagi uzgarishlar juda xilma-xil sodir bo‘lgan. Bir
turdagi hayvonlar uzoq vaqt mavjudlikka ega bo‘l gan bo‘lsa ikkinchibir turi esa
tezda qirilib ketgan. Yer qobig‘i qirqimida katta vertikal tarqalishga ega va ko‘p
qatlamlarda uchraydigan qoldiql ar uzoq yashaydigan organizmlar deyiladi.
Jinslarning nisbiy yoshini aniqlashda ular kam yordam beradi.
Unchalik geografik keng va vertikal tarqalishga ega bo‘lmagan, birvaqtda turlicha
uchraydigan, ketma-ket xududlarda bir- biridan jratilgan hayvon qoldiqlari yetakchi
toshqotgan jinslar deyiladi. Bundan tashqari ular kamdan-kam topilma
ko‘rinishida emas, katta miqdordagi nusxada bo‘lishi kerak.
Yetakchi toshqotgan jinslarni o‘rganish, yerning turli qatlamlari dagi bir
yetakchi shaklini boshqasi bilan almashinish smenasini o‘rnati shning imkonini
berdi. Jinslarning yoshini o‘rnatish va ularni bir munc ha maydaroq stratigrafik
bo‘linishlarga ajratish uchun faqatgina yeta kchi shakillar qo‘llanilib olmay balki
turli rayonlardagi fauna va flora komplekslari o‘zaro solishtiriladi ham.
Jinslarni nisbiy yoshini aniqlash uchun qo‘llaniladigan toshqotg an
qoldiqlardan tashkil topgan turli xil tog‘ jinsi qavatlarini o‘zaro soli shtirish usuli
paleontalogik usul deyiladi. Paleontalogik usul o‘rganilayo tgan etapdagi xayotning
rivojlanishi va xolatini o‘zidan oldingi yoki key ingi etap bilan solishtirishga
asoslangan. Shuning uchun nisbiy geoxr onologiya qandaydir bir voqiylikni
davomiyligini emas balki faqat ularning ketma-ketligini yoki tarixiy geologik
etaplarni bir-biridan keyin kelish ketma-ketligini aks ettiradi.
Nazorat savollari:
1. Tog‘ jinslarining nisbiy yoshi qaysi usul yordamida aniqlanadi?
2. Yerning mutloq yoshini aniqlashdan kaliy - argon usul nimaga asoslanadi?