Page 122 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 122
3. Uran usulini izohlab bering?
4. Tog‘ jinslari yoshini aniqlashning palentologik usuli qanday aniqlanadi?
16-MASHG‘ULOT
Mavzu: Tog‘ jinslarining mineral va kimyoviy tarkibi, ularning tuproq hosil
bo‘lishidagi ahamiyati
Tog‘ jinslarining tarkibi minerallardan tashkil topgan bo‘lib, ular shartli
ravishda birlamchi va ikkilamchi minerallarga bo‘linadi. Birlamchi minerallar,
asosan, magmatik tog‘ jinslari yemirilish jarayonida hosil bo‘lgan geologik
yotqiziqlar va tuproq tarkibiga o‘z strukturasi va kimyoviy tuzilishini deyarli
o‘zgartirmagan xolatda o‘tadi. Birlamchi minerallar asosan yirik qum, chang
zarrachalari tarkibida kvars, dala shpatlari (ortoklaz, mikroklin, natriyli va oxakli
plagioklazlar), slyudalar (biotit, muskovit), rogovaya obmanka, avgit, magnetit,
gematit, apatit va boshqa minerallar kiradi.
Masalan, kristall tog‘ jinslari tarkibida dala shpatlari 60%, rogovaya obmanka
va avgitlar 20%, slyudalar 3%, kvarslar 10%, magnetit va gematitlar 3%, apatitlar
1%ni tashkil kiladi. Tog‘jinslarida kvars asosan boshka minerallar bilan aralashgan
xolda uchrab oq, kulrang, sariq, yashil, xavorang va boshka ranglarda bulishi
mumkin. Bu minerallar kattiy holatda bo‘lib, kremnekislorodli tetraedrlarni tashkil
qiladi. Kremniy (Si4+) ioni turtta kislorod ioni (O2) bilan birikib tetraedrni tashkil
qiladi. Silikat va alyumosilikatli minerallar kremnokislorodning getraedrlaridan
tashkil topgandir, shuning uchun ular lentasimon va xalqasimon strukturalarni hosil
qiladi.
Dala shpatlari xam tog‘ jinslarining asosini tashkil etib, alyumosilikatlardan
iboratdir, ular izomorf aralashma, ya’ni alyumokremniy birikmalari kaliy, natriy va
kalsiydan iboratdir. Dala shpatlari ikki guruxdan - kaliy-natriy va natriy ishqorli yoki
plagioklazlardan iborat buladi. Birinchi guruxga ortoklaz va mikroklin, ikkinchisiga
esa albit va anortit minerallari kiradi. Ortoklaz K (AlSi3Og) monoklin singoniya
bo‘yicha kristallanadi. Mikroklin K (AlSi 3O 2) tri klinli singoniyani hosil kiladi.
Plagioklazlar triklin singoniya shaklida albit va anortit birikmalarini tashkil kiladi.