Page 127 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 127
termogravimetrik, infraqizil spektrofotometrik va rentgen usullari bilan aniqlanadi.
Bu usullarda minerallarni anikdash uchun tuproqdan aloxida o‘ziga xos namunalar
tayyorlanadi.
Tuproq, tog‘ jinslari, suv olib kelib yotqizgan loyqalar har xil kattalikka ega
bo‘lgan minerallardan, organik va amorf moddalardan tashkil topgan. Tuproq va ona
jins tarkibidagi minerallarni aniqlash uchun undan qo‘yilgan talabga binoan
namunalar tayyorlanadi. Masalan, tog‘ jinslari qattiq xolatda bo‘lsa, ulardan tuzilishi
va shakli buzilmagan holda namunalar olinib, yupqa shliflar tayyorlanadi va ular
tarkibidagi kristall minerallar oddiy lupalar, polyarizatsion mikroskop yordamida
o‘rganiladi. Agar tuproq tarkibidagi birlamchi minerallar aniqlanadigan bo‘lsa, u
xolda tuproq tarkibidagi og‘ir va yengil minerallar solishtirma og‘irligiga qarab
ajratiladi. Shuning uchun tuproq va uni tashkil qiluvchi ona jinslardan dala sharoitida
namunalar olish katta ahamiyatga egadir.
Oldimizga qo‘yilgan talabga ko‘ra tuproq namunalari tuproq kesmasining
butun chuqurligidan sidirg‘asiga yoki genetik qatlamlar bo‘yicha olinadi. Agar
o‘rganiladigan ona jinslar va tuproqdar qumoq yoki yengil qumoqli g‘ovak xolatda
bo‘lsa, tuproq kesimi devoriga oldindan tayyorlab qo‘yilgan kanifol yoki
fotoplyonkani atsetonda, spirtda tayyorlangan eritma sepiladi, namunalar karton
kutichalarga solinib, laboratoriyaga olib kelinadi. Tuproq namunasining olingan
joyi, vaqti va boshqa ko‘rsatkichlar alohida daftarga qayd qilinadi. Tuproqshunoslik
laboratoriyalarida tuproq namunalaridan yupqa preparatlar tayyorlanadi. Buning
uchun tuproq namunalari kanifol, kanada va pixta daraxti yelimi bilan ko‘tiriladi.
Tuproqni ko‘tirishda polimer sintetik saqichlar ham ishlatiladi.
Laboratoriya sharoitida tuproqdan va uni hosil qiluvchi ona jinslardan 3 x
2 x 2 sm, 5x10, 9 x 12 sm to‘rtburchak shaklida namunalar kesib olinadi. Uni
oldindan stakanda yoki temir tog‘orachalarda tayyorlangan ksilol va kanifol
eritmasiga solib, asta-sekin elektr yoki gaz uchoqlarida 120° xaroratda 12 soat
mobaynida isitilib, bir xil maromda qaynatiladi. Bu sharoitda tuproq g‘ovaklari va
bulakchalari yuqorida qayd etilgan eritmalar bilan to‘la to‘yinishi lozim.
Tayyorlangan namunalar olinib sovutiladi. Qotib qolgan tuproq namunalari yupqa
holatga kelgunga qadar shlif qiluvchi dastgohlarda charxlanadi. Tayyor mahsulot