Page 129 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 129
Bratcheva, 1957). Tuproqning loy qismi suspenziyalash usuli bilan ajratib olinadi
(Gorbunov, 1970; Aydinyan, 1963).
Tuproqdan mexanik tarkibiga qarab 50-100 gr olib chinni yoki metall
xovonchada yog‘ochdan qilingan dasta yordamida 0,1 mm gacha maydalanadi.
So‘ngra o‘simlik qoldiqlari, organik moddalar terib tashlanadi, tuzlar, gipslar,
karbonat tuzlari 10% HCI kislota bilan eritilib, distillangan suv bilan yuvib
tashlanadi. Biroq tuproqdagi organik va mineral birikmalarni ajratish uchun
kislotadan boshqa usullar ham ishlab chiqilgan. Aydinyan taklifiga binoan tuproqni
namlab, ammiak bilan yumshatib, rezina dasta yordamida hovonchalarda
maydalanadi va distillangan suv bilan yuvilib shisha idishlarga o‘tkaziladi va
yaxshilab aralashtiriladi. Salkam bir sutkadan keyin aralashtirilgan tuproq,
eritmasidan shisha sifon yordamida 7-10 sm chuqurlikkacha namuna olinib (10-12
l) shisha idishlarga yig‘iladi. Idishlar to‘lgach, bir necha tomchi 10% HCI yoki
CaCI 2 eritmasi tomizilib, loyqa cho‘ktiriladi. Cho‘kmadagi xlor dializ yo‘li bilan
yuvilib, olingan loy qismi chinni idishlarda suvli yoki qumli xammomlarda
quritiladi. Cho‘kma quritilib, maydalanadi va undagi organik moddalar (H 2O 2)
perekis vodorod yordami bilan kuydiriladi. Shu usullar bilan tuproqring loy
qismidan tayyorlangan namunalar tarkibidagi minerallar, ularning kristallografik
tuzilishi, miqdori, elektron mikroskop, rentgenografik, termografik va kimyoviy
usullar bilan aniqlanadi.
Tuproq yirik zarrachalari tarkibidagi minerallarni
aniqlash usullari
Yuqorida qayd qilingan usullar bilan tuproq va tog‘ jinsidan ajratilgan qum
va chang zarrachalaridagi asosiy va qo‘shimcha minerallarni stereoskopik (MBS-
1, MBS-2) va polyarizatsion (Min-5, Min-8, Min-10, Polam S-Sh) mikroskoplar
yordami bilan aniqlanadi. Minerallarni mikroskop yordamida o‘rganish asosan
minerallarning optik xususiyatlariga, nurlarni yutish va qaytarish qobiliyatiga,
kristallografii va kristalloximik tuzilishiga bog‘liqdir. Minerallarning fizik
xususiyatlarini aniklash uchun xar xil optik zichlikka ega bulgan 98 ta standart
immersion eritmalardan foydalaniladi. Tuproqdagi mineral mikroskopda
anikdanganda uning rangiga, plexroizm, nurni singdirish va mineral strukturasi