Page 134 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 134
1. Tuproqdagi yirik zarrachalar qanday aniqlanadi?
2. Loy va kolloid zarrachalar tarkibidagi minerallarni elektron mikroskop
yordami bilan aniqlash
3. Tuproq loy qismidan elektron mikroskosda tekshirish uchun namunalar
tayyorlash.
4. Tuproq namunalari qanday tayyorlanadi?
18-MAShG‘ULOT.
Qum zarrachalari tarkibidagi minerallar va ularning tuproq hosil bo‘lishi
jarayonida o‘zgarishi
Tuproq tarkibidagi birlamchi minerallarning miqdori mexanik zarrachalar
uzgarishi bilan bevosita bog‘liqdir. Xozirgi davrgacha O‘zbekistonda tuproqning
qum va chang zarrachalari tarkibidagi minerallar o‘rganilgan (Tursunov, 1980,
1993; Ismatov, 1989; Genusov, Pervushev-skaya, 1966; Morozova, 1970).
Och tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi cho‘l tuproqlar mayda kum zarrachalarining
mineral tarkibi. Bu toifadagi tuproqdar O‘zbekistonning baland tog‘larida keng
tarkalgan bo‘lib, 540 ming gektar maydonni tashkil etadi. Bu yerlar chorvachi-
likda yaylov bo‘lib xizmat qiladi. Yil davomida bu tuproqlar qor va muzliklar
tagida qolib, fakat bahor va yozda o‘simliklar rivojlanib, tuproq ustki qatlamida
chimni hosil qiladi. Sutka mobaynida havo va tuproqning harorati keskin
o‘zgarib turadi, natijada bu yerlarda tog‘ jinslarining fizik va mexanik yemirilishi
rivojlangan bo‘ladi. Tuproq hosil qiluvchi ona jinslarda granitlar, slaneslar,
kumtosh, ohaktosh va delyuvial soz-lar ishtirok etadi. Chotqol, Qurama va Hisor
tog‘larida bu tuproqlar magmatik va metamorfik jinslarining ustida hosil bo‘lib,
mexanik tarkibini asosan shag‘al, qum, chang zarrachalari tashkil etadi. Kum
zarrachalarining miqdori 30—40% bo‘lib, ularning miqdori kesim chuqur-ligi ona
jinsiga tomon ko‘payib boradi. Mayda qumning tarkibida kvars 46—47%, dala
shpati 11 — 17%, jins bo‘laklari 23—26%, muskovit 2—5%, biotit 6—10%,
qolgan qismini gematit-limonit, magnetit-ilmenit, ley-koksen, rogovaya
obmanka, epidot kabi ogir minerallar tashkil qiladi (Ismatov, 1989). Kvars,
muskovit, biotit yuqori, dala shpatlari, jinslarning bo‘laklari esa kesimning pastki