Page 136 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 136
mayda qum zarrachalari 4—6% ni tashkil etadi, uning tarkibida kvars 42—49%,
dala shpatlari 13—15%, jins bo‘laklari 17—18%, musko-vitlar 6—7%, biotit 11
— 12%, xloritlar 2—3% mikdorida uchraydi (23-rasm). Tog‘ jins bo‘laklari va
biotitning mikdori ona jinsida yuqorida hosil qilingan tuproq katlamlaridan ko‘ra
biroz kuprokdir. Dala shpatlari ortoklaz va mikroklindan iborat bo‘lib, oz miqdorda
seritizatsiyalangan va pelitizatsiyalangandir, ya’ni ikkilamchi jarayonlar bilan
qoplangan. Biotit va muskovit minerallari O‘zbekistonning janubiy tog‘ jinslarida
va ularning ustida hosil bo‘lgan to‘q tusli bo‘z tuproqlarida ko‘proqdir. Sababi
asosan geologik yotqiziqlarning yoshligi, bioklimatik sharoitning ta’siri mineral
qismining sekinlik bilan yemirilishiga bog‘liqdir. Tuproq qum qismida og‘ir
zarrachalar, klastik, epigenetik, autigen minerallaridan iboratdir. Klastik va epigen
minerallarga kiradigan gematit va ilmenit zarrachalar og‘irligiga nisbatan bu
tuproqdarda 15—30% ni tashkil etadi.
Biroq soz yotqiziqlari ustida hosil bo‘lgan to‘q tusli bo‘z tuproqdarda uning
mikdori ikki baravar kuprokdir. Bu minerallarning bulakchalari notugri formada
bo‘lib, uzunchok, qirrali, o‘tuvchi nurlarda qora va qaytuvchi nurlarda
metallsimon yaltiroq qora-ko‘k rangda bo‘ladi. Tuproq kesimi bu minerallarning
mikdoriga qaraganda deyarlik keskin qatlamlarga bo‘linmaydi. O‘zgarishga moyil
bo‘lgan minerallar Xisor tog‘lari tuprog‘ida 50—55%, turgunlari esa 40—46%
ni tashkil etadi. Ularning miqdori tuproq kesimida uzgarib turadi.
Tipik buz tuproqlar mayda qum zarrachalarining mineral tarkibi.
Tipik buz tuproqdar asosan lyossimon yotqiziklar ustida hosil bo‘lib, kimyoviy
va mineral tarkibi bilan ona jinslariga juda uxshashdir. Shuning uchun mayda kum
zarrachalari bu tuproqdarda 5—10% ni tashkil etadi, oz mikdorda kum
zarrachalarining gumusli k,atlamida yigilishi kuzatiladi, buning sababi mayda
chang va loy zarrachalari yog‘ingarchilik yoqqanda tuproqning pastki
qatlamlariga tomon yuviladi. Bu tuproqdar respublika-miz bo‘yicha 3051 ming
gektarni tashkil etadi. Tipik buz tuproqlar qum qismi slyuda — dala shpati —
kvars assotsiatsiyasiga xos birlamchi minerallardan iborat bo‘lib, ularga
qo‘shilma sifatida magnetit-ilmenit, gematit-limonit, epidot va rogovaya
obmanka kabi minerallardan iboratdir. Tipik buz tuproqdari mayda kum