Page 139 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 139
biotit, muskovitning miqdori ko‘proq, og‘ir fraksiyada esa gematit, limonit,
magnetit, ilmenit, leykoksen, rogovaya obmanka va epidotning miqdori ko‘proqdir.
Odatda kesimning yuqori qismida kvars minerallari to‘planadi, bu holat kvarsning
solishtirma og‘irligi, turg‘unligi va yuvilish jarayonlari bilan bevosita bog‘liqdir.
Tog‘ jinslariningzarrachalari tuproq kesimining chuqurligiga karab, ya’niona jinsiga
tomon oshib boradi. Lyoss yotqiziqlarining ustida hosil bo‘lgan jigarrang tog‘
tuproqlari chang zarrachalarining tarkibida kvars, dala shpati, muskovit va biotit
minerallarining miqdori bilan farq qiladi. Bu minerallar tuproq kesimining o‘rta
qismida to‘planadi. Og‘ir zarrachalar tarkibidagi turg‘un va turg‘unmas
minerallarning tuproq kesimi bo‘yicha tarqalishi ham turlichadir, ya’ni turg‘un
minerallar ona jinsi tarkibida yemirilish jarayoniga dosh berolmaydigan turg‘un
bo‘lmagan minerallar yuqori qatlamda to‘plangandir.
Bo‘z tuproq chang zarrachalarining mineral tarkibi asosan ona jinslari bilan
bevosita bog‘liqdir. Chang zarrachalari tarkibi asosan kvars, dala shpatlari va
slyudalardan iboratdir. Kvarsning miqdori chang zarrachalarida 55—60%, dala
shpatlarida 15—18%, biotit va muskovitlarda 10—15% ni tashkil etadi, qolgan
qismi esa tog‘ jinsi bo‘laklaridan iboratdir. Tuq tusli bo‘z tuproq chang qismida
kvars asosan kesimning yuqori qismida ko‘payib, ona jinsga tomon kamayib ketadi.
Dala shpatlari, slyudalar (biotit va muskovit) kesimning o‘rta qismida to‘planadi,
bunga asosiy sabab fizik-kimyoviy jarayonlarning tuproq hosil bo‘lishida turlicha
rivojlanishidir.
Og‘irminerallarning miqdori lyoss yotqzikdari ustida hosil bo‘lgan tuq tusli
bo‘z tuproqlarda deyarli ikki baravar ko‘pdir. Minerallarning asosiy qismini mag-
netit va ilmenit 15—30% ni, gematit-limonit 21—23%ni, sirkon 8—10% ni, epidot
8—20% ni tashkil etadi. Magnetit va ilmenit minerallari chang tarkibida juda kam
miqdorda uchraydi. Tuproqdagi temir birikmalari bilan boyitadigan mineral
gematitdir, uning tarkibida temir 70%, qolgan qismini esa TiO 2 va SiO 2 birikmalari
tashkil etadi.
Chang zarrachalari tarkibiga kiruvchi og‘ir minerallar kristalloximik va
kristallografik tuzilishiga qarab tezyemiriluvchan va turg‘un minerallarga bo‘linadi.