Page 142 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 142
tarkibi dagi minerallar dala shpatlari, slyudalar, amfibol va piroksenlar ma’lum
miqdorda yemirilib, tuproq kesi- mining yukori va o‘rta katlamlarida tuplanadi.
Asosan bu mintakalarda tog‘ jinsi va tuproqdagi qum zarrachala ri maydalanib,
chang va loy zarrachalari borgan sayin ko‘payib, fizik va mexanik yemirilish
jarayonlari rivojlanib boradi. Natijada bo‘z tuproqlarning loy va chang qismida
gidroslyudalar va labil silikatlar, ya’ni o‘z strukturasini kengaytiradigan minerallar
borgan sari ko‘payadi.
Respublikamizda dehqonchilik asosan yerlarni sug‘orish bilan chambarchas
boishkdir. Iqlimning issiqligi va atmosfera yog‘inining kamligi rivojlanayotgan
o‘simlik uchun namni yetkazib bera olmaydi, shuning uchun Sug‘orish usuli bilan
tuproq qatlami yetarli darajasida namlantiriladi. Sug‘orishiladigan viloyatlarda
tuproq tarkibiga ko‘shimcha ravishda kimyoviy va mineral moddalar oqar suv
yordamida olib kelinib, yerlarga yotk,iziladi. Masalan, Sug‘orish dezufnchiligining
Xorazm, Zarafshon vodiylarida minglab yillar davomida rivojlanishi natijasida
umumiy kdlinligi 2-3 metrgacha bo‘lgan madaniy vodiy Tuproqlari hosilbo‘ladi. Bu
jarayonning rivojlanishi haqidagi masalalarni M. A. Orlov (1938, 1956), V. A. Mo
lodsov (1963, 1966) uz ilmiy ishlarida yoritib berganlar. Daryo yotqiziqlari va
loyqasining kimyoviy tarkibini N. G. Minashina (1963, 1965, 1967), N. G. Zirin,
X. X. Tursunov (1974, 1993), D. R. Ismatov (1989, 1990) tekshirgandir.
Xozirgi davrda lalmikor yerlar, ya’ni bo‘z tuproqlar keng tarqalgan tog‘ yonbakirlari
sug‘orishilib, galla, poliz ekinlari va paxtazorlar yaratilmokda. Sug‘orish natijasida
och va tipik bo‘z tuproqlarning morfologik tuzilishi, mineral tarkibi o‘zgaradi.
Sug‘orish jarayonida loyqa bilan birga kvars, magnetit, gematit, epidot, rogovaya
obmanka kabi minerallar tuproqning yuqori katlamida tuplanadi. Sug‘orishiladigan
tuproqlarning kesimi bo‘yicha og‘ir fraksiya minerallari turlicha miqdorda
tarqalgandir, bu narsa asosan suv loyqasi mexanik tarkibining yil mavsumi bo‘yicha
o‘zgarib turishi bilan bog‘liqdir. Masalan, tog‘larda qor va muzliklar yoz oylarida
eriydi va tog‘ yonbagirlarida esa yogingarchilik bahor oylarida ko‘p yogadi, natijada
kuchli sel jarayonlari kuchay- ib, daryo suvlarining miqdori va loyqaligi oshadi.
Saxro zonasida asosan cho‘l tuproqlari: sur tusli ko‘ng‘ir, taqirlar, qumli va