Page 147 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 147
Kremniykislorodli tetraederning tuzilishi (a) va ularni geksagonal
shaklda (b) joylanishi
Tetraedrlar markazida kislorod atomlari o‘rtasida kremniy joylashgan
bo‘ladi, bir nechta tetraedrlar o‘zaro birikib, tekis tur tashkil etadi. Oktaedrlarda esa
kislorod yoki gidrooksil atomlari alyuminiy, magniy, temir va boshqa kationlar
bilan uralgan bo‘ladi. Oktaedrlar gibbsitga Al(OH) 3 yoki brusitga o‘xshash
Mg(OH) 2 birikmalarni tashkil etadi.
Atomlar turlar ichida simmetrik shaklda joylashgan bo‘lib, turg‘un
strukturalarni hosil qiladi. Baʼzan kremniykislorodli tetraedrlarda bir kiyem
kremniy alyuminiy bilan, magniy va temir o‘zaro almashishi mumkin.
Kremniykislorodli va kislorod-gidroksil-alyuminiyli turlar tetraedr-oktaedrli
qobiqlarni yoki tug‘unlarni hosil qilib, neytral, ijobiy yoki manfiy zaryadlangan
bo‘ladi. Masalan, agar tetraedrdagi kremniy alyuminiy bilan almashingan bo‘lsa,
salbiy zaryad hosil bo‘lib, kation bilan neytral holatga kelishi mumkin. Bunga misol
qilib muskovitni olsak bo‘ladi, pirofillitda tetraedrda xamma pozitsiyalar kremniy
bilan egallangan bo‘lib, qobiglar elektroneytraldir, chunki strukturada qo‘shimcha
kationlar yo‘qdir. Montmorrillonitda kationlar izomorf holatda tetraedr va oktaedr
tarkibiga kirishi mumkin. Biroq, qobiqlar o‘rtasiga joylashgan kationlar xamma
vaqt almashish qobiliyatiga ega bo‘lmasliklari mumkin.
Minerallar tuzilishi, qavatlarining soni, shakli va kationlarning izomorf
joylashishi bilan farq qiladi. Rentgenografik usul bilan minerallarni tashkil qilgan
kaolinitda bu oraliq masofa 7,1 A, montmorrillonitda glitserin bilan
to‘yintirilgandan keyin qavatlar orasidagi masofa esa 17,6 A, muskovit va