Page 144 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 144
Zarafshon, Xorazm va kuyi Amudaryo viloyatlarida dehqonchilik biri necha
ming yillar davomida rivojlanib kelgan. Vodiy tuproqlarining mikromorfologik va
mineralogik tuzilishi M. P. Aranbaev (1965, 1972), N. G. Mi- nashina (1963, 1966),
V. A. Molodsov (1963, 1965), X- X. Tursunov (1970. 1972, 1976, 1993), L.
T. Tursunov (1976), D. R. Ismatov (1989) tomonidan batafsil urganilgan.
Tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, sug‘orishiladigan o‘tloqi tuproqlarda chang
zarrachalari tarkibida kvars 35—40%, dala shpatlari 10—20%, biotit 6—20%,
muskovit 17—25%, jins bo‘laklari 11—21% ni tashkil etadi (25-rasm).
Birlamchi minerallar kvars, dala shpatlari, slyudalar sug‘orishiladigan
tuproqlarda notekis kesim bo‘yicha tarqalgandir. Masalan, haydalma katlamda kvars
kamroq aksincha, dala shpatlari va slyudalar miqdori ko‘proqdir. Buning sababi,
asosan, afoirrigatsion qatlamlar mexanik tarkibining turlicha bo‘lishidir.
Sug‘orishiladigan tuproqlar chang qismida ogir fraksiya minerallari kam
miqdorni tashkil etadi, asosan ular- ning miqdori xaydalma qatlamda va tagidagi
gorizontlarda to‘planadi. Bu jarayon suv loyqalari bilan yuqori gorizontlarda
tuplanishi bilan bog‘liqdir.
Yillar mobaynida vodiylarda sug‘orishiladigan dexqonchilikning davom
etishi afoirrigatsion qatlamni birlamchi va ikkilamchi minerallari bilan boyishiga
olib keladi, natijada yukori qatlamda kvars va o‘rtalarida esa dala shpatlari,
slyudalar: muskovit va biotit tuplana boradi. Og‘ir zarrachalar tarkibida turrunmas
minerallar yigindisi 30—34%, turg‘unlari esa 60—68% ni tashkil etadi.
20-AMALIY MASHG‘ULOT.
MINERALLARNING TUPROQ UNUMDORLIGINI
OSHIRISHDAGI ROLI
Tog‘ jinslarining tarkibi minerallardan tashkil topgan bo‘lib, ular shartli
ravishda birlamchi va ikkilamchi minerallarga bo‘linadi. Birlamchi minerallar,
asosan, magmatik tog‘ jinslari yemirilish jarayonida hosil bo‘lgan geologik
yotqiziqlar va tuproq tarkibiga o‘z strukturasi va kimyoviy tuzilishini deyarli
o‘zgartirmagan holatda o‘tadi. Birlamchi minerallar asosan yirik qum, chang
zarrachalari tarkibida kvars, dala shpatlari (ortoklaz, mikroklin, natriyli va ohakli
plagioklazlar), slyudalar (biotit, muskovit), shox aldamasi, avgit, magnetit, gematit,