Page 148 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 148
gidroslyudalarda esa 10 A ni tashkil etadi. Kaolinitda bitta oktaedrga bitta tetraedr
tugri keladi, shuning uchun bu shakldagi minerallar ikki qobig‘li yoki ikki savatli
deyiladi. Montmorillonit va gidroslyudalarda ikkita tetraedrga bitta oktaedr tugri
keladi va ular uch qavatli shakldagi minerallar deyiladi. Kationlarni oktaedrda
joylashishiga qarab minerallar di - va uchoktaedrik turlariga bulinadi. Masalan,
oktaedrda kationlar 2/3 kremni egal- lashea, dioktaedrik minerallar deyiladi. Bunga
alyumi niy kationlari misol bo‘ladi, ularning turkumiga mont- morrillonit,
beydellit, nontronit, galluazit va illit kabi minerallar kiradi. Agar alyuminiy magniy
bilan almashea, bu minerallar uchoktaedrik shakllarni tashkil kdpadi. Uchoktaedrik
minerallarga biotit, vermikulit, magniyli xloritlar kiradi. Tetraedr bilan oktaedr tur-
lari urtasidagi nisbatlar 1:1 kaolinit, 2:1 montmoril lonit; 2:2 xlorit shaklda
belgilanadi.
Biroq tabiatda minerallar tarkibida oktaedr bilan tetraedrning muvozanati
buzilib, ular eyede xil minerallar qavati bilan almashinib kelishi mumkin. Masalan,
montmorillonit kdvatlari gidroslyuda yoki vermikulit va xlorit bilan kaytarilishi
mumkin. Aralash minerallarda takror va notakror holatda bo‘lishi mumkin. Birinchi
tuzilishga misol qilib xlorit minerallarini olsa bo‘ladi, chunki uning tarkibi slyuda,
brusit va tarkiblaridan tuzilgandir.
Oktaedr va tetraedrda izomorf joylashishi natijasida oshiqcha zaryadlar hosil
bo‘ladi. Masalan, montmorillonitda oktaedrda uch valentli alyuminiy o‘rnini ikki
valentli magniy egallashi natijasida oshiqcha zaryad paydo bo‘ladi. Tetraedrlarda
bir qism kremniy o‘rnini alyuminiy egallasa, ortiqcha zaryad hosil bo‘ladi, o‘nta
misol qilib beydellitni olsa bo‘ladi. Hosil bo‘lgan oziqa zaryad kaliy, magniy,
kalsiy, natriy hisobiga kompensatsiya qilishi mumkin.
Loyli minerallar: montmorillonit, beydellit, vermikulit, degidratatsiyalangan
galluazit suv va organik moddalar taʼsirida bo‘lishi mumkin. Kaolinit, slyuda va
gidroslyudalar, aksincha, bo‘lmaydi. Minerallarning bo‘kishi natijasida silikat
krvatlariga perpendikulyar shaklda kengayish jarayonlari rivojlanadi. Garchi
montmorillonit va muskovit minerallari strukturasi bir-biriga o‘xshasa ham,
keyingilariga suv va organik moddalar taʼsir egtirilganda o‘z xdjmini