Page 153 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 153
bo‘lib, aralashma mineral deb hisoblash mumkin. Tabiatda xlorid minerallari yashil
rangda uchraydi. Xloridlarning qadimdan yemirilgan yer qobig‘ida uchragan
shakllarini I.I.Ginzburg va I.A.Rukavishnikova (1951) o‘z ilmiy ishlarida ko‘rsatib
o‘tishgan. Xloridlar tuproq tarkibini temir va magniy moddalari bilan boyitadi.
Nazorat savollari:
1. Apatit, ftorit minerallar qanday aniqlanadi?
2. Kaolinit sinfiga qanday minerallar kiradi?
3. Gidrosulidalar guruhiga qanday minerallar kiradi?
4. Montmorillnit guruhiga qanday minerallar kiradi?
5. Vertikal minerallar deganda nima tushunasiz?
21-MASHG‘ULOT
GEOLOGIK XARITALAR TURLARI BILAN TANISHISH VA
ULARNI TUZISH YO‘LLARINI O‘RGANISH
Mashg‘ulotning maqsadi. Geologik amaliyotlar va mashg‘ulotlar
o‘tkaziladigan dalalarga chiqishdan oldin geologik xarita bilan topografik
xaritalarning bir-biridan farqini bilish va ulardagi ma’lumotni o‘rganish.
Kerkli asbob uskunalar: har xil geologik va topografik xaritalar.
Ishning mazmuni.
Geologik tekshirishlarning muhim ish xujjatlaridan biri geologiya xaritasi
xisoblanadi. Geologik xaritada tog‘ jinslarining yoshi, tarkibi, paydo bo‘lish
sharoiti, boshqa jinslar bilan munosabati, o‘rni va ular bilan bogliq bo‘lgan foydali
qazilmalar ko‘rsatiladi. Topografik xaritalarda esa yer yuzasining tuzilishi daryolar,
tog‘lar ko‘rsatiladi.
Geologiya xaritasining tuzilishida birinchi navbatda yer yuzasiga chiqib
qolgan har xil yoshdagi tog‘ jinsi qavatlari, foydali qazilmalarning shu rayon
maydonlaridagi o‘rni aniqlanib topografik xaritaga tegishli bo‘yoq yoki shtrixlar
bilan aks ettiriladi.
Geologiya xaritasini tuzish uchun geologik kengliklarda umumiy qabul
qilingan har bir davr uchun tegishli rangnda bo‘yoq yoki shtrix qo‘llaniladi.
Shuning uchun ham har bir xarita tagida shartli belgi va indekslar izohi, tepasida