Page 152 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 152
Yuqorida keltirilganidek montmorillonitlar suv va organik moddalarni singdirib
bukishi mumkin. Shuning uchun montmorillonitga boy tuproqlar bo‘kish va
shimish qobiliyatiga egadir. Montmorillonit minerali kristallokimyoviy tuzilishi
bo‘yicha ikkiga bo‘linadi: 1) dioktaedrik, bularga nontronit, volkonskoit, beydellit.
2) trioktaedrik, bularga saponit, sokonit, gektorit, sivensit kabi minerallar
kiradi. Montmorillonit guruhiga kiradigan minerallar asosan cho‘kindi tog‘
jinslarining tarkibiga kiradi. Masalan, gilmoyalar O‘zbekistonda keng tarqalgan
bo‘lib, kimyo, tekstil, chinni va sanoatida keng qo‘llaniladi. Tuproq, tarkibida
monmorillonit minerallarining miqdori ko‘p bo‘lsa, uning singdirish, kationlarni
singdirish hajmi, shishishi, qovushqoqligi, maksimal gigroskopligi, yumshoqligi
oshadi. Tuproq suvni ko‘p shimganda xajmi kengayadi, yaʼni bo‘kadi, quriganda
esa qatqaloq bo‘lib yoriladi.
Vermikulit minerali. Vermikulitlar xam montmorillonitlar guruxiga
kiradigan mineral hisoblanib, uch qavatlidir, silikatli qobiqlar o‘rtasida suv,
almashinuvchi asoslar, yaʼni magniy joylashgan bo‘ladi. Kimyoviy tarkibida MgO
- 14-25%, AI 2O 3 - 10-17%, Fe 2O 3 - 3-17%, SiO 2 - 32-42%
bo‘lib, SiO 2: AlO 3 ga tengdir. Vermikulitda suvning miqdori 12-30% ni
tashkil etishi mumkin. Mineralni 100-300° kizdirganda suv ajralib chikddi.
Vermikulitning singdirish xajmi ayniqsa loy zarrachalari tarkibida 100 mg. ekv. dan
yuqori bo‘lishi mumkin. Vermikulit ikki va uch oktaedrik holatida uchraydi,
ammo tuproq, tarkibida kamdir.
Vermikulitlar gidrotermal va tuproq, hosil bo‘lishi sharoitida biotit, xlorit,
flogopitdan hosil bo‘lishi mumkin.
Xlorid guruxidagi minerallar. Xloridlar asosan alyuminiy, magniy, temir,
xromning suvli silikati hisoblanib, birlamchi va ikkilamchi minerallar tarkibida
uchraydi. Tabiatda tog‘ jinslari tarkibida xlorid guruxidagi minerallar klinoxor,
proxlorid va shamozit sifatida uchrashi mumkin, ular bir-biridan temir va magniyli
mikdori bilan farq qiladi. Masalan, klinoxor tarkibida MgO - 30-31%, proxlorit va
shamozitda esa 25-40% ni tashkil etadi.
Xloridning tuzilishi slyuda qavati bilan brusit tipidagi panjaralardan iborat