Page 150 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 150
psevdomorfoza sifatida hosil bo‘ladi.
Kaolinitlar tuproqdarda dislokatsiya jarayonida, yaʼni kremniyning tog‘
jinslaridan yuvilib to‘plangan joylarda sintez bo‘ladi, lekin gidrotermal sharoitlarda
xam hosil bo‘lishi mumkin. To‘rtlamchi davr yotqiziqlari ustidagi hosil bo‘lgan
tuproqlarda kaolinitlar kam miqdorda uchraydi. Kaolinit minerali tarkibida SiO 2-
46,5%, A1 2O 3-39,5%, H 2O - 14%, ishqoriy va ishqoriy yer elementlari juda kam
miqdorni tashkil etadi. Kaolinitda SiO 2: A1 2O 3 nisbati ikkiga tengdir, solishtirma
ogirligi 24 mg/sm. ekv.ga tengdir. Kaolinit minerallari o‘z strukturasini
uzgartirmasligi sababli suvni yaxshi o‘tkazadi, ammo qovushqoqlik xususiyati juda
kam bo‘ladi. Biroq kaolinitlar fosforni yaxshi singdiradi, ammo konlardan qazib
olingan kaolinli loylar buning aksidir.
Galluazitlar, kaolinitdan farqli ularoq, o‘z strukurasida bir necha molekula
suvni qobig‘lari o‘rtasida saqlab turadi, suvning miqdori galluazitda 6-8%,
kaolinitda esa 0,5-1% tashkil etadi. Solishtirma og‘irligi esa 40-60 mg. ekv.
ga tengdir.
Gidroslyudalar (illitlar) guruxndagi minerallar. Bu minerallarga
gidromuskovit (K 0.75(H 3O) 0.25)Al 2(Si 3Al)O 10((H 2O) 0.75(OH) 0.25) 2 va gidrobiotit
K(Mg,Fe2+)6((Si,Al)8O20)(OH)4 x nH2O kiradi. Bundan tashqari natriyliillit,
ledikit, glaukonit, gid roflogopit turidagi minerallar bu guruxni tashkil etadi.
Gidroslyudalar dioktaedrik (gidromuskovit, brammolit, glaukonit) va trioktaedr
(ledikit) tuzilishiga egadir. Gidroslyudalarning tuzilishi montmorillonit va
slyudalarning strukturasiga o‘xshashdir. Gidroslyudalar uch kdvatli minerallar
guruxiga kiradi. Tetraedr tarkibidagi kremniyning maʼlum alyuminiy
bilan almashinib ortiqcha hosil bo‘lgan nisbiy zaryad kaliy yoki gidroksoniy bilan
to‘ldiriladi, bog‘lanadi. Gidroslyuda oshiqcha zaryad strukturalarning ustida
joylashgan bo‘lib, qobiqlar bir- biriga yaqin bo‘lganligidan ular orasiga suv
molekulasi kirmaydi. Shuning uchun gidroslyudalar o‘z xajmini o‘zgartirmaydi.
Xuddi shuningdek, kaliy muvofiqlashuvchi zaryad bo‘lganligi uchun almashinish
qobiliyatidan mustasnodir. Faqat kaliy strukturaning yemirilgan qirralaridagina
almashinishi mumkin.
Yevropa va Amerika olimlari gidroslyuda guruxidagi minerallarni illitlar deb