Page 145 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 145
apatit va boshqa minerallar kiradi. Masalan, kristall tog‘ jinslari tarkibida dala
shpatlari 60%, shox aldamasi va avgitlar 20%, slyudalar 3%, kvarslar 10%, magnetit
va gematitlar 3%, apatitlar 1%ni tashkil qiladi. Tog‘ jinslarida kvars asosan boshqa
minerallar bilan aralashgan holda uchrab oq, kulrang, sariq, yashil, havorang va
boshqa ranglarda bo‘lishi mumkin. Bu minerallar qattiq» holatda bo‘lib, kremni
+
kislorodli tetraedrlarni tashkil qiladi. Kremniy (Si 4 ) ioni to‘rtta kislorod ioni (O 2)
bilan birikib tetraedrni tashkil qiladi. Silikat va alyumosilikatli minerallar
kremnokislorodning getraedrlaridan tashkil topgandir, shuning uchun ular lentasimon
va xalkasimon strukturalarni hosil qiladi.
Dala shpatlari ham tog‘ jinslarining asosini tashkil etib, alyumosilikatlardan
iboratdir, ular izomorf aralashma, yaʼni alyumokremniy birikmalari kaliy, natriy va
kalsiydan iboratdir. Dala shpatlari ikki guruxdan - kaliy-natriy va natriy-ishqorli yoki
plagioklazlardan iborat bo‘ladi. Birinchi guruxga ortoklaz va mikroklin,
ikkinchisiga esa albit va anortit minerallari kiradi. Ortoklaz K(AlSi 3O 8) monoklin
singoniya bo‘yicha kristallanadi. Mikroklin K Al 2(SiO4) 4 triklinli singoniyani hosil
qiladi. Plagioklazlar triklin singoniya shaklida albit va anortit birikmalarini tashkil
kiladi. Dala shpatlari oqish va boshqa ranglarda uchraydi, qattiqligi 6,0-6,5,
solishtirma og‘irligiligi 2,5-2,7 dan iboratdir. Tog‘ jinslari, tuproqdarda eng keng
tarkdlgan minerallar slyudalar guruxini tashkil etadi. Slyudalar yaproq plastinka
shaklida uchrab qatlamlardan iborat bo‘lib, oq va qoramtir ranglarda uchraydi.
Rangsizlari muskovit - KAl 2(AlSi 3O 10)(OH) 2 va rangligi biotitdan - K(Mg, Fe) 32
boratdir. Kristallanganda monoklin singoniyani hosil qilib, qattiqligi 2-3, solishtirma
og‘irligi 2,7-3,1 ni tashkil etadi. Tinik, slyudalar sarg‘ish, yashilrang jilolanadi,
qoralari esa qo‘ng‘ir va to‘q yashil ranglarda uchrab turadi.
Avgit va shox aldamasi esa piroksenlar (avgit) va amfibollar (shox
aldamasi) guruxini tashkil etadi. Avgit – (Ca, Na)(Mg, Fe, Al, Ti)(Si, Al) 2O 6
kristallanib magmatik jinslarning tarkibida uchraydi. Qattiqligi 5- 6, solishtirma
og‘irligi 3,2 -3,6. Shox aldamasi - Ca 2(Mg,Fe,Al) 5(Al,Si) 8O 22(OH) 2 iborat bo‘lib,
monoklin singoniyada kristallanib, yashildan to qora ranggacha uchraydi. Qattiqligi
5,5-6,0, solishtirma ogirligi 3,1-3,3 magmatik va metamorfik jinslar tarkibiga
kiradi.