Page 140 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 140
Masalan, sirkon turg‘un minerallar safiga kiritilgan. Epidot, sfen, granat tarkibida
kalsiy va magniy uchrab, yemirilish jarayoniga ancha turg‘un hisoblanadi. Tuproq
chang tarkibida rogovaya obmanka 12—28% ni tashkil etib, rangiyashil, ko‘pqirrali,
dumaloq va prizmatik shaklga egadir.Tuproq hosil bo‘lish jarayonida tez yemiriladi,
shuning uchun u yukrri gorizontlarda kamroq uchraydi. Og‘irfraksiya tarkibida,
asosan, ruda hosil qiluvchi minerallar rogovaya obmanka, epidotdan iborat bo‘lib,
tuq tusli bo‘z tuproqlar kesimining o‘rtasida to‘plangandir. Og‘irminerallar tarkibida
yana piroksen, muskovit, biotit, xlo rit, glaukonit, pirit, barit, selestin kabi minerallar
ham ma’lum miqdorda uchraydi. Demak to‘q tusli bo‘z tuproq chang zarrachalari
mineral tarkibini magnetit, gematit, epidot, rogovaya obmanka tashkil etib, tuproq
kesimida turli miqdorda tarqalgandir. Masalan, yuqorida aytib o‘tganimizdek,
gematit minerallari o‘rta illyuvial gorizontlarida, epidot, rogovaya obmankalar esa
ona jinsida to‘plangandir.
2-rasm. Tuproqdagi mayda qum va yirik chang zarrachalari tarkibidagi ogar
fraksiya minerallarining miqdori. A) Mayda qumva yirik changdagisi. B) Tuproq;
tarkibidagisi.
AB rasmlarga ilova. 1. Och qo‘ng‘ir tusli o‘tloqi cho‘l tuproqlar. 2. Tipik
jigarrang tuproqlar. 3. To‘q tusli bo‘z tuproqlar. 4. Tipik bo‘z tup rokdar. 5. Och
tusli bo‘z tuproqlar. 6. Ilgaridan sug‘orishilayotgan och tusli bo‘z tuproqlar. 7.
Ilgaridan sug‘orishilayotgan tipik bo‘z Tuproqlar. 8. O‘tloqi botkrk; tuproqlar. 9.