Page 137 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 137
tarkibida kvars 45—48%, dala shpatlari 15—18%, jins bulaklari 15—18%,
muskovit 7—10%, biotit 8—9%, xlorit1,5—3% ni tashkil etadi (23-rasm).
Minerallar miqdoriga qarab tuproq, kesimi tabaqalanadi. Gematit yuqori,
rogovaya obmanka, biotit va muskovit minerallari o‘rta qatlamlar tuproqdarida
tuplanishi anikdangan.
Turgunmas minerallar tuproqding kum kdsmida 58—62%, turgunlari esa
32—46% ni tashkil etib, kesim bo‘yicha turlicha tarkalgandir. Bunga asosiy sabab
kum zarrachalarining tuproq, kesimida xar xil mikdorda bulishi va tuproq,
jarayonlarining rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir.
Och tusli buz tuproqdar mayda kum zarrachalarining mineral tarkibi.
Respublikamiz bo‘yicha och tusli buz tuproqlar 2592 ming gektar maydonni
tashkil etib, asosan bu yerlardan paxtachilik, bovdorchilik, sabzavotchilikda keng
foydalaniladi. Bu toifadagi tuproqdar prolyuvial
lyoss va lyossimon yotk,izikdar ustida hosil buladi, ammo oz miqdorda
magmatik va metamorfik tog‘ jinslari ustida ham uchrab turadi. Shu sababli bu
tuproqdar mexanik tarkibida tog‘ jinslarining mayda bo‘lakchalari uchrab turadi.
Qum zarrachalari bu tuproqdarda 15—20% ni tashkil etadi. Kum zarrachalarining
mineral tarkibida kvars 47—51%, dala shpatlari 16—17%, tog‘ jinslari 15—
18%, muskovitlar 8—9%, biotitlar 6—7%, xloritlar 1—2% ni tashkil kiladi.
Tuproq kesimi minerallarning mik,-doriga karab deyarli tabakalanmaydi.
Turgunmas minerallar og‘ir zarrachalar tarkibida 55—60% ni tashkil etib,
ularning to‘planishi asosan, yuqori qatlam va ona jinsida ruy beradi. Turgun
minerallar bu tuproqlarning qum zarrachalarida 25—38% ni tashkil etib,
ularning miqdori kesimning yuqori va urta katlamlarida ko‘payib boradi.