Page 133 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 133
kolonnaga kiritiladi. Sungra esa elektron-optik sistemani xarakatga keltirib, nur
yo‘lida obyektlar tekshiriladi. Yaʼni chap va o‘ng tomonda joylashgan ruchkalar
yordami bilan tekshirilayotgan namunani ekranga tushirib, o‘rganiladi va rasmga
olinadi. Mikroskopda ishlar tugagach, birin-ketin asbob elektr toki, vakuum suvdan
uziladi. Tuproq, va uni hosil qiluvchi ona jins tarkibidagi minerallar elektron
mikroskopda ularning shakliga qarab aniqlanadi.
Ekranda tuproq va kolloid loy zarrachalari tarkibidagi kaolinit romboedrik
shaklda uchraydi, ammo tuproq hosil bo‘lish jarayonida uning qirralari yuvilib, o‘z
shaklini yo‘qotib, yumaloq holatga kelishi mumkin. Bu holat tuproq, zarrachalarini
suv va shamol yordami bilan transportirovka qilinganda ro‘y beradi. Xloritlar esa
tasvirda to‘q qora rangda bo‘lib, dumaloq tuxumsimon, bargsimon shaklda uchraydi.
Gidroslyudalar (illitlar) pardasimon baliq tangalariga o‘xshagan bo‘lib, qirralari
uzunchoq yoki yaproqsimon holatda uchraydi, biroq mikroskop ichida harakat
ko‘tarilishi natijasida ular o‘ralib, naysimon shaklga aylanishi mumkin.
Montmorillonit va vermikulit guruxidagi minerallar o‘z shaklini suv va organik
moddalar taʼsirida tez o‘zgartiradi, shuning uchun elektron mikroskop yordami bilan
tuproq, tarkibi o‘rganilganda ular bulutsimon yoki tomchi yoyilgan shakldagi
tasvirni hosil qiladi.
Tuproq chang va gil zarrachalari tarkibidagi magniy va temirga boy bo‘lgan
sepiolit va paligorskit minerallari ipsimon, mixsimon kalta yoki uzunchoq tolalar
shaklida mikroskop ekranida tasvirlanadi. Tuproq suvdagi loyqalar, tog‘ jinslari
tarkibidagi alyuminiy, temir, kremniyning kristall va amorf xolatidagi birikmalari
mikroskop ekranida bulutsimon loyqa shakllar sifatida tasvirlanadi. Elektron
mikroskop yordami bilan minerallarning qalinligi, eni va uzunligini aniqlash
mumkin. Shuningdek, minerallar qirralarini va ularning tuproq hosil bo‘lishi
jarayonida yemirilishini mikroskop yordamida o‘rganish mumkin.
Elektronlarni o‘rganilayotgan mineral orqali o‘tkazib ekranda
mikrodifraksiya tasviri hosil qilib, ularni o‘lchab mineralni aniq bilish mumkin. Bu
usulda ishlaydigan uskunalar elektronograflar deyiladi.
Nazorat savollari: