Page 128 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 128

qo‘lda,  qumli  qog‘oz  yordamida  to  0,02-0,03  mm  qalinlikka  kelgunga  qadar

                  yupqalashtiriladi.  Tayyorlangan  shlif  shisha  plastinkalarga  yopishtirilib,  ustidan

                  juda  yupqa  shisha  bilan  yopib  qo‘yiladi.  Tayyorlangan  tuproq  shliflariga  nomer

                  qo‘yiladi  va  olingan  vaqti,  joyi,  chuqurligi  olmos  yordamida  yozib  quyiladi.

                  Tayyorlangan tuproq, namunalari, avvalo binokulyar lupa va mikroskop yordamida

                  bir necha marta kattalashtirilgan holatda o‘rganiladi. Tuproqning umumiy tuzilishi


                  30-100  marta  va  ayrim  holatlarda  500  va  undan  ko‘proq  marta  kattalashtirib
                  o‘rganiladi.


                         Agar  tuproq,  tarkibidagi  minerallarni  o‘rganadigan  bo‘lsak,  uni  maydalab
                  elaklardan  o‘tkazilgandan  keyin  Tule  eritmasida  sentrifugada  aralashtirib,


                  solishtirma ogarlig‘i 2,7 yoki 2,9 dan ortiq va kichik (yengil va og‘ir) qismlarga

                  ajratiladi. Olingan og‘ir va yengil zarrachalar alohida quritilib, immersion eritmalar

                  yordami bilan tuproq, yoki tuproq hosil qiluvchi jins tarkibidagi birlamchi minerallar

                  aniqdanadi.

                         Tuproq va tog‘ jinslaridan qum, chang, loy (gil) zarrachalari har xil g‘ovakli

                  elaklar  yordamida  elash,  suvda  suspenziyalash  va  sentrifugada  tezkorlik  bilan

                  separat qilish yo‘li bilan ajratiladi (Kachinskiy, 1958, 1965; Gorbunov, 1966, 1971).

                  Birinchi  navbatda  tuproqdagi  mexanik  qo‘shilmalar  o‘simlik  qoldiqlari,  tuzlar,

                  karbonatli  birikmalardan  tozalanadi.  Tuproqdagi  karbonatli  birikmalarni

                  geksometafosfat natriy yordami bilan koagulyatsiya qilib cho‘ktiriladi. Tuproqdan

                  50-100  gr  olib  hovonchada  maydalanadi,  tuzlar  distillangan  suv  bilan  yuvilib,

                  dispergator geksometafosfat  natriy  qo‘shiladi va ikki soat mobaynida qaynatiladi.

                  Eritma sovutilib, 0,10 va 0,25 mm elaklardan o‘tkazilib qum zarrachalari ajratiladi.

                  Suspenziyani  yaxshilab  aralashtirib,  tuzilgan  jadvalga  qarab  maʼlum  daqiqalar,

                  soatlar va bir sutkadan keyin chang va loy zarrachalari pipetka bilan olinib, chinni

                  idishlarda     quritiladi   va     analitik    tarozilarda    o‘lchanadi.     Tayyorlangan

                  suspenziyalardan namunalar olish eritmaning qovushoqligiga, konsentratsiyasiga va

                  haroratiga bog‘liqdir.

                         Bundan  tashqari  tuproq,  tarkibidagi  tuzlar,  karbonatlar,  gipslar  mexanik

                  tarkibni  aniqlashni  murakkablashtiradi.  Shuning  uchun  sho‘r  va  karbonatli

                  tuproqdarda  mexanik  tarkibni  aniqlash  usullari  ishlab  chiqilgan  (Rijov,  1935,
   123   124   125   126   127   128   129   130   131   132   133